1-jadval33
T/r
|
Transport vositasining turi
|
Yillik bazaviy stavka, Tb1
|
1.
|
Engil avtomobillar
|
0,2046
|
2.
|
Mikroavtobuslar
|
0,0606
|
3.
|
Avtobuslar
|
0,0151
|
4.
|
Trolleybuslar
|
0,0102
|
5.
|
Tramvaylar
|
0,0102
|
6.
|
Metropoliten
|
0,0018
|
7.
|
Temir yo‘l transporti
|
0,0091
|
8.
|
Havo transporti
|
0,2513
|
9.
|
1 — 8-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa transport vositalari
|
0,0909
|
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini ikkinchi va kelgusi yillarda tuzishda sug‘urta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdoriga sug‘urtaning o‘tgan yildagi zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritiladi va u quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
Tb(n+1) = Tbn x Kn, (2)
bunda: Tb(n+1) — tuzatish kiritilgan sug‘urta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori;
Tbn — o‘tgan yilda belgilangan sug‘urta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori;
Kn — sug‘urtaning o‘tgan yildagi zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda sug‘urta tariflari koeffitsienti.
3. Sug‘urtaning o‘tgan yildagi zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda sug‘urta tariflari koeffitsienti (n-yil uchun sug‘urta tovoni summasining (Un) n-yil uchun sug‘urta mukofoti summasiga (Ppn) nisbati).
2-jadval34
T/r
|
Zararlilik darajasi
|
Koeffitsient Kn
|
1.
|
Agar Un / Ppn = 0
|
0,95
|
2.
|
Agar 0 <>n / Ppn ≤ 0,3
|
1,00
|
3.
|
Agar 0,3 <>n / Ppn ≤ 0,5
|
1,50
|
4.
|
Agar 0,5 <>n / Ppn
|
2,00
|
Navbatdagi n-yil uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti tashuvchi transport vositalarining har bir turi bo‘yicha quyidagi formulaga muvofiq alohida hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofotlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi:
Prni = Sp x Tbni x Vi, (3)
bunda: Prni — i-turdagi transport vositalari bo‘yicha n-yil uchun hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofoti;
Sp — bitta yo‘lovchiga belgilangan sug‘urta puli;
Tbni — i-turdagi transport vositasi bo‘yicha n-yil uchun sug‘urta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori;
Vi — tashuvchi tomonidan foydalanilayotgan i-turdagi barcha transport vositalarining ishlab chiqaruvchi zavod pasportlari bo‘yicha yo‘lovchi sig‘imi, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda qatnovchi, boshqa davlatlar temir yo‘l tashuvchilariga tegishli bo‘lgan vagonlar bundan mustasno.
3-jadval35
Sug‘urta tariflarining tuzilishi
Ko‘rsatkichlar
|
%
|
Sug‘urta mukofotining brutto-stavkasi
|
100
|
Netto-stavka (majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha joriy sug‘urta to‘lovlarini ta’minlashga mo‘ljallangan brutto-stavkaning bir qismi)
|
70
|
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish xarajatlari:
|
30
|
SHu jumladan sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha oldini olish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar
|
5
|
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi davrida sug‘urta tovoni to‘langanda qo‘shimcha ravishda to‘lanadigan sug‘urta mukofoti (Prd) quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
Prd = Pr x (Sv / Ss) x (Op / Ps), (4)
bunda: Pr — sug‘urta mukofoti summasi;
Sv — to‘langan sug‘urta tovoni summasi;
Ss — sug‘urta puli;
Op — sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab kunlar hisobidagi qolgan sug‘urta davri;
Ps — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida nazarda tutilgan kunlar hisobidagi sug‘urta davri.
Tashuvchilarning javobgarligini majburiy sug‘urtalash turining yaqindagina amaliyotga tadbiq etilganligiga qaramasdan mazkur sug‘urta turi buyicha sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta mukofotlarining yig‘ilishi va shunga asosan sug‘urta qoplamalarining amalga oshirilishi faol ta’minlanmoqda.
|