|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi
|
bet | 72/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiMUSTAQIL ISH MAVZULARI
Kasbiy javobgarliklarin sug‘urtalash mexanizmining hozirgi holati va istiqbolda takomillashtirish yo‘nalishlari.
Mahalliy sug‘urta bozorlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari.
Umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urta zahiralarini shakllanish mexanizmi va muammolari.
Sug‘urta kompaniyasining moliyaviy resurslari va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirish.
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Sug‘urta operatsiyalari buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari va uni takomillashtirish yo‘nalishlari.
Investitsiya risklarini sug‘urtalash mexanizmini uni takomillashtirish yo‘llari
O‘zbekiston sug‘urta bozorida shaxsiy sug‘urta va uni rivojlantirish masalalari.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi va uni takomillashtirish yo‘nalishlari.
Umumiy sug‘urta sohasida tarif siyosati, aktur hisob-kitoblar va uni takomillashtirish.
MAVZUGA OID MASALALAR VA ULARNI ECHISH USLUBI
Tadbirkorlik riskini me’yoriy javobgarlik tizimi bo’yich sug’urtalash
Tadbirkorlik riskini me’yoriy javobgarlik tizimi bo’yich sug’urtalash quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi:
Sug’urtalanovchi va sug’urtalovchi ekspert xulosalari, yillar mobaynida yig’ilgan statistic ma’lumotlarga asoslangan holda, sug’urtalanishi kutilayotgan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarni bashorat qiladi.
Agar sug’urta shartnomasida keltirilgan vaqt oralig’i tugaganda sug’urtalangan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bashorat qilinganidan kam bo’lmasa, sug’urta hodisasi ro’y bermagan deb topiladi va sug’urta qoplamasi to’lanmaydi. Agar sug’urta shartnomasida keltirilgan vaqt oralig’i tugaganda sug’urtalangan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bashorat qilinganidan kam bo’lsa, tadbirkorlik faoliyatidan zarar quyidagi formula orqali aniqlanadi
Zarar = Bashoratlangan daromad – Olingan daromad
Bu yerda olingan daromad ham musbat, ham manfiy miqdorlarni qabul qilishi mumkin.
Agar sug’urtalovchining javobgarlik darajasi a% qilib belgilangan bo’lsa, sug’urta qoplamasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Sug’urta qoplamasi = Zarar *
Masala 1. Kompyuter firmasi 10000 ta notebookni ishlab chiqarish va sotishdan tushgan daromadni me’yoriy javobgarlik tizimi bo’yicha sug’urtaladi, shuningdek sug’urtalovching sug’urtalovchining javobgarlilik chegarasi zararning miqdorining 40% qilib belgilandi. Sug’urtalovchi bilan bitta kompyuter realizatsiyasi o’rtacha bahosi 1460 y.e.ga kelishildi, biroq 2000 ta notebook 1500 so’mdan, 3000 ta notebook 1450 y.e.dan, 5000 ta notebook esa 1400 so’mdan realizatsiya qilindi. Sug’urta qoplamasini aniqlang:
Echish. Notebooklar realizatsiyasidan daromad D bashorat qilindi
D=10000*1460=14600000 y.e.
Haqiqatda esa firma bu notebooklarni quyidagi summada realizatsiya qilindi
R=2000*1500+3000*1450+5000*1400=14350000
Zarar U ni quyidagi formula orqali aniqlaymiz(1.5.1):
U=D – R = 14600000 – 14350000 = 250000(y.e.)
Endi formula (1.5.2) orqali sug’urta qoplamasini aniqlaymiz Sb:
Sb = 250000*0.4 = 100000
|
| |