11
13-Topic. Providing safety and security of tourists during excursion
13.1. Legislative form of providing safety and security of tourists
285
13.2. Rights and duties of a tourist
287
13.3. Rights, duties and responsibilities of a guide
289
Test and tasks as independent work in order to master the topic and
preparation for the practical lessons
292
14-Topic. Rule of rendering the first aid during the excursion
14.1. Essence of the first aid during the excursion
294
14.2. The rule of heart massage
297
14.3. Rendering the
first aid in emergency case
299
14.4. Transportation of suffered tourists
312
Test and tasks as independent work in order to master the topic and
preparation for the practical lessons
314
REFERENCES
317
12
KIRISH
Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalar
mavjud. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim
sharoitlariga,
boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichkiva ham
xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.
Mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida turizm va mehmondo‘stlik
sohasidagi yechimini kutib turgan masalalardan biri malakaviy talablarga javob
bera oladigan kadrlarni tayyorlashdir.
Turizm sohasida ekskursiya xizmati asosiy xizmatlardan biri hisoblanadi.
Tashrifbuyurgan turist eng avvalo mamlakatning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti,
tabiiy resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi.
Ekskursiya xizmati
o‘zining ko‘rgazmaliligi, mazmundorligi, hissiyotliligi bilan ekskursantlarning
ma’naviy dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani «Turizm (faoliyat yo‘nalishlari
bo‘yicha)»va «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» yo‘nalishi
bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir.
Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil
qilish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni
mamlakatimizning
boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion hududlari, ishlab-
chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarida sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil
etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar
berishdir.Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, fan bo‘yicha
hozirda lotin alifbosida
darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yetishmasligini hisobga olgan holda va turizm
ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Respublikada tayanch oliy dargoh bo‘lganligi tufayli, mualliflar tomonidan
tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma ekskursiya
xizmatini tashkil qilishni
o‘qitishda boshqa oliy o‘quv yurtlari va turizm kollejlari talabalariga yaqindan
yordam beradi degan fikrdamiz.