• Ekskursiya xizmatiningasosiyfunksiyalari Ilmiy-targ‘ibot funksiyasi .
  • EKSKURSIYAXIZMATI Ilmiy targ‘ibot Axborot Madaniyhordiqn itashkiletish Qiziqishlarnishakl
  •  Ekskursiyaxizmatiningasosiyfunksiyalari




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    2.1. Ekskursiyaxizmatiningasosiyfunksiyalari 
    Funksiya– 
    birorbirob’ektningtashqinamoyonbo‘lishi, 
    muassasa, 
    korxonaningishlashshaklidir. 
    «Funksiya» 
    so‘zilotinchadanolingan 
    bo’lib,
    «bajarish, amalgaoshirish, faoliyatdoirasi, ma’suliyat, rol» deganma’nolarni o’zida 
    mujassamlashtiradi. Ekskursiya xizmatining funksiyalarini uning bosh xossalari 
    sifatida quyidagilarni ko‘rib chiqishimiz mumkin:
     
    2.1. rasm.Ekskursiya xizmatiningasosiyfunksiyalari 
    Ilmiy-targ‘ibot funksiyasi. Ekskursiya xizmati ekskursantlarda siyosiy, 
    falsafiy, ilmiy, badiiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalarning shakllanishiga yordam 
    beradi. Targ‘ibot funksiyasini bajarishda ekskursiya xizmati aniq yo‘nalishga ega 
    bo‘lishi kerak. Uning negizida targ‘ibot, ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan 
    EKSKURSIYAXIZMATI 
    Ilmiy 
    targ‘ibot 
     
    Axborot 
    Madaniyhordiqn
    itashkiletish 
    Qiziqishlarnishakl
    lantirish 
    Madaniydunyoqa
    rashnikengaytiris
    h


    29 
    bog‘liqlik, daromadlilik va ishonarlilik tamoyillari turadi. Bu tamoyillar targ‘ibot 
    mohiyatini, undagi asosiy maqsadni ajratishga imkon beradi, shuning uchun ularni 
    o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ilmiylik tamoyili – ta’lim va tarbiyaning shakli sifatida ekskursiya 
    xizmatining muhim xususiyati ilmiylikdir, ya’ni ilmiy bilimlarni tarqatish 
    ekskursiyaning vazifasidir. Ekskursiya xizmati mazmuni zamonaviy fanlarning 
    aniq bo‘limiga muvofiq ravishda bayon etilishi, dunyoqarashni shakllanishiga 
    yordam berishi kerak. Faktlar, voqealar, nazariy holatlar ilmiy talqinda berilib
    qaysi zamonaviy fanga taaluqli bo‘lsa, o‘sha fan sohasidagi yutuqlarni hisobga 
    olgan holda yoritiladi. Faktlar va voqealar ob’ektiv ilmiy baholanishi lozim. 
    G‘oyaviylik tamoyili. G‘oya bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun aniq 
    harakatlar rejasidir. G‘oyaviylikni aniq bir g‘oyalar tizimiga ongli bog‘liqlik 
    sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Aniq faktlarga asoslangan g‘oya materiallariga 
    ob’ektiv yondashuv va gidning ishontirish qobiliyati g‘oyaviylik tamoyilining 
    mazmunidir. Har bir ekskursiya xizmati ushbu tamoyillarni hisobga olgan holda 
    tayyorlanishi, matnlar va uslubiy ishlanmalar kabi hujjatlar tuzilishi muhimdir. 
    Gid o‘zining hikoyasini ilmiy nazariya asosida tuzishi, shaxsiy g‘oyaviy
    ishonchni ketma-ket yoritishi maqsadga muvofiqdir. Gid hikoyasidagi, ob’ektlar 
    tahlilida nafaqat uning bilimdonligi, balki faol hayotiy qarashlari ham namoyon 
    bo‘ladi. G‘oyaviy gid o‘z faoliyatida va barcha harakatlarida aniq tamoyillarga 
    asoslanuvchi mutaxassisdir. 
    Nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligitamoyili.Ekskursiya xizmati 
    ma’lumotlari hayotga, haqiqatga, mamlakatimizdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
    bunyodkorlik ishlariga va boshqa o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lishi kerak. Haqqoniy 
    ma’lumotlarning bayoni tarixiy va boshqa jarayonlar negizida turuvchi qonunlarni 
    hisobga olib, umumlashtirilishi va xulosa qilinishi lozim. Hikoya qilinayotgan 
    ma’lumotni hozirgi zamon bilan bog‘lash qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, ammo 
    ekskursiya xizmati mavzusidan qat’iy nazar unda kecha va bugun o‘zaro 
    bog‘lanadi. 


    30 
    Ekskursiya xizmatida zamonaviylikni tavsiflovchi ma’lumot 3 holatda o‘z 
    aksini topadi: birinchisi, ekskursiya xizmatining barcha mavzusi hozirgi zamon 
    voqealariga bag‘ishlanadi («Toshkent – bunyodkorlik markazi», «Samarqand – 
    turizm shahri»); ikkinchisi, hozirgi zamon voqealariga ekskursiya xizmatining bir 
    qismi yoki bir necha mavzuostilarigina bag‘ishlanadi. Bunday holat shahar, tuman 
    bo‘ylab ko‘rgazmali ekskursiyalarga xosdir («Samarqandning kecha va buguni», 
    bitta ko‘chaning tarixi). Ekskursiya xizmatida shahar, mahalla, tumanning o‘tgan 
    zamoni (tarix), buguni (zamonaviylik) va kelajagi (rivoji) ko‘rsatiladi.Uchinchisi
    ekskursiya xizmati to‘liq tarixiy voqealar, yodgorliklar tarixiga bag‘ishlanadi. 
    Fandagi yutuqlar asosida o‘tmish voqealari (ming yillar avval) zamonaviylik nuqtai 
    nazaridan baholanadi, bugungi kun bilan bog‘lanadi (Samarqanddagi Mirzo 
    Ulug‘bek observatoriyasiga ekskursiya). 
    Ekskursiya xizmati samaradorligi undagi ma’lumotlarning qanchalik 
    tushunarli hikoya qilinishi, ushbu auditoriya uchun mazmunan soddaligiga 
    bog‘liqdir. Ma’lumotlar ekskursantlarning tayyorgarlik darajasi, umumta’limiy 
    ahamiyati, hayotiy tajribasini hisobga olgan holda hikoya qilinishi kerak. 
    Ekskursiya jarayoni ma’lumotlarining ishonarliligi quyidagilar asosida 
    ta’minlanadi: 

    mavzuni yorituvchi muhim faktlarni tanlash; 

    ishonchli taqqoslanma ma’lumotlardan foydalanish; 

    dalillarni to‘play olish; 

    ishonchli manbalarga tayanish, ma’lum bir voqea ishtirokchilari va 
    guvohlarining fikrini o‘rganish; 

    rasmlar, hujjatlar nusxasi, xaritalar, chizmalarni namoyish etish. 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish