• Madaniy hordiqni tashkil etish funksiyasi .
  • Madaniy – texnik dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi.
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    Axborot funksiyasi. Ekskursiya xizmati o‘zining mavzusidan kelib chiqib, 
    ma’lum soha bilimlari(tarix, tibbiyot, biologiya fanlaridagi erishilgan natijalar; 
    arxeologlarning topilmalari; jamiyat va madaniyatdagi yutuqar va shu kabilar.) 
    bo‘yicha axborotga egadir. Gazeta, radio, televideniya, ma’ruza kabi axborot 
    vositalaridan ekskursiya xizmati o‘zining ko‘rgazmaliligi bilan farqlanadi. 


    31 
    Ekskursiya xizmatida axborotning ko‘pgina qismi ob’ektlarni ko‘rsatish bilan 
    tasdiqlanadi. Axborot sifatida gid oxirgi xalqaro voqealarni emas, mavzuni hikoya 
    qilishi kerak. Ekskursiya xizmatini o‘tkazishda avvaldan tasdiqlangan matn asos 
    bo‘ladi. Ekskursiya xizmati mazmunini ertalabki radio yoki gazetadagi xabarlar 
    bilan to‘ldirmaslik (agardaxabarlar favqulodda hodisalar to‘g‘risida bo‘lmasa)lozim 
    bo‘ladi. 
    Madaniy hordiqni tashkil etish funksiyasi.Dam olish bu- insonning asosiy 
    ishidan keyingi qoladigan bo‘sh vaqtidir. Bo‘sh vaqtni inson sutka davomida, hafta, 
    yilning ma’lum bir davrida, o‘z xohishiga ko‘ra faol ijodiy yoki jamoaviy 
    faoliyatga, o‘zi yoqtirgan ishga, do‘stlari bilan muloqotga sarflaydi. 
    Ekskursiya xizmatini «o‘quv va o‘z ustida ishlash» mashg‘uloti turiga 
    kiritishi mumkin. Madaniy hordiq shakli sifatida ekskursiya xizmati ma’naviy 
    ehtiyojlarni qondiradi va shakllanishini ta’minlaydi. O‘tgan asrning 20 yillarida 
    ekskursionist olimlar ekskursiya xizmatini dam olish sifatida emas, balki 
    ekskursantlardan ko‘pgina kuch-quvvat talab etuvchi aqliy mehnatga qiyoslashgan. 
    Ekskursiya xizmatidagi bilimlarning tizimliligi, sayr qilish, qiziqishga qarab tanlash 
    imkoniyatining mavjudligi ushbu xizmatni insonlarning ommabop mashg‘ulotiga 
    aylantirdi. Ekskursiya xizmatini ishdan ajralmagan o‘qish shakliga ham qiyoslash 
    mumkin. 
    Madaniy – texnik dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi. Har bir 
    ekskursiya xizmati inson dunyoqarashini kengaytiradi. Uning qatnashchilari tarix, 
    san’at, me’morchilik, adabiyot, iqtisodiyot va boshqa sohalardan bilim oladilar. 
    Ekskursiya xizmati ekskursantlarning yozma manbalardan, maktab dasturlaridan, 
    ma’ruzalardan olgan bilimlariga aniqlik kiritish imkonini beradi. 
    Ekskursiya xizmati bu-bir necha madaniy-tarbiyaviy ishlar shaklining 
    sintezidir. Unga mavzuli tahlangan va uslubiy tasdiqlangan qismlar sifatida 
    quyidagilarni kiritish mumkin: 

    badiiy filmlardan parchalar, ilmiy – ommabop yoki xronologik – hujjatli 
    filmlar; 


    32 

    voqea qatnashchilari yoki guvohlarining hikoyalari; 

    ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiya xizmatlarida sanoat va qishloq 
    xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, injener – texnik xodimlari, ilg‘or ishchilari bilan 
    uchrashuv; 

    bastakorlar, artistlar, musiqachilar ijodi va hayotiga bag‘ishlangan 
    musiqali asarlarni tinglash; 

    tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda davlat va jamoat vakillari chiqishlarini 
    ko‘rish va shu k. 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish