Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/163
Sana24.11.2023
Hajmi2,73 Mb.
#104925
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163
Bog'liq
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

3.2. Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga
qo‘yiladigan talablar 
 
Shaxsga qo‘yilgan axloqiy talablar bu umumiy prinsiplarga va axloqiy 
me’yorlarga rioya qilishi, mukammalikka intilishidir. Shaxsning har tomonlama 
mukammal va barkamol bo‘lib shakllanishi uning butun bir umri davomida ro‘y 
beradi (umumta’lim maktabida, kollej, OTM da, jamoada, kundalik hayotda, 
gidlarni tayyorlovchi kurslarda, ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda).


45 
Gid shaxsiyatining shakllanishi gid kasbining shakllanishi jarayonida yuzaga 
keladi. Gid shaxsiyatiga qo‘yilgan talab uning umumiy tamoyillar va xulq- atvor 
me’yorlariga rioya qilishi, aniq g‘oyalarga amal qilishidir. 
Shaxsning asosiy fazilatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

farosatlik – aql idrok bilan ish tutishi; 

mas’ullik – o‘z harakatlari natijasini tushunishi; 

shaxsiy obro‘si – o‘z xuquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq harakatlari; 

individuallik – shaxsiyatining o‘ziga xosligi, takrorlanmasligi. 
Gid o‘z kasbining xususiyatidan kelib chiqqan holda faol hayotiy qarashlarini 
namoyon etishi va kunlik faoliyatida foydalanishi kerak. 
Faol hayotiy qarashlar– shaxsning jamiyat hayotiga qatnashishidir. 
Shaxsning hayotiy qarashlari uning jamiyat, mehnat, davlat va xususiy mulkka, 
boshqa shaxslarga va o‘ziga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning 
hayotiy qarashlari faolligini baholashda barcha jamoaviy, mehnat, g‘oyaviy – 
ommaviy faollik turlari inobatga olinadi. 
Gidni ijobiy tavsiflovchi bilimi, malakasi, ko‘nikmasi eng avvalo, unga 
topshirilgan ishni bajara olishi qobiliyatiga asoslangandir. Gidlarni o‘qitish 
jarayonida uslubchilar ularning yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashi, referat 
yozishi, kurslarda ma’ruza o‘qishi, marshrutlarda ekskursiya o‘tkazishi, uslubiy 
yo‘riqlarni tanlashi kabi ishlarni qila olishi uchun zaruriy qobiliyatlari mavjudligini 
inobatga olishadi. 
Gidning asosiy faoliyati ekskursiya xizmatini tayyorlash va o‘tkazishdir. 
Ekskursiya xizmati tayyorlash 3 qismga bo‘linadi: 
1. Individual matnni tayyorlash; 
2. Metodik ishlanma talablarini eslab olish; 
3. Marshrutni yodda tutish. 
Ekskursiya xizmatiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida gid o‘z-o‘zini 
tekshirishi uchun taxminan quyidagi savollarga javob izlaydi: Ob’ekt oldida 
mavzuning rejalarini yoritishda hikoyani nimadan boshlayman? Qanday qilib 


46 
ko‘rish orqali rekonstruksiyalash usulini yaxshiroq qo‘llashim mumkin? Gid 
mavzuni qay darajada o‘zlashtirib olganidan qat’iy nazar, u har safar tayyorgarlik 
ko‘radi. Tayyorgarlik bosqichining muvaffaqiyati gid shaxsiyatining individual 
xususiyatlariga, ya’ni zaruriy ishlarni bajarishdagi tezkorlik va tashkilotchilik 
qobiliyatiga bog‘liq. «Tayyorgarlik» tushunchasiga ruhiy tayyorgarlik ham kiradi. 
Bunda o‘z bilimiga ishonish, ya’ni ekskursiya xizmatini yuqori saviyada 
o‘tkazishiga, ekskursantlar ko‘rganidan va eshitganidan mamnun, xursand 
bo‘lishiga ishonchidir. 
Har bir pedagogda xos bo‘lgani kabi gidga ham 4 turdagi qobiliyat xosdir: 

konstruktivlik 

tashkilotchilik 

kommunikativlik 

tahlil qilish. 
Konstruktivlikqobiliyati ekskursiya xizmati ma’lumotlarini tanlash va to‘g‘ri 
rasmiylashtirish, uni tushunarli va ishonchli yetkazish, zaruriy hollarda ekskursiya 
rejasini, uslubiy yo‘riqlardan foydalanish tartibini qayta ko‘ra olish kabilarda o‘z 
ifodasini topadi va gid fikrlash qobiliyatining asosi hisoblanadi. 
Tashkilotchilik qobiliyati ekskursiya guruhini boshqara olish, ularning 
e’tiborini kerakli ob’ektga yo‘naltirish, turistlar va ekskursantlar uchun 
tasdiqlangan dasturlardagi xizmatlarning bajarilishida o‘z ifodasini topadi. 
Kommunikativlik qobiliyati ekskursiya guruhi bilan ishlaganda o‘zaro iliq 
munosabat o‘rnatish, ekskursiya xizmati davomida ushbu muhitni saqlash, marshrut 
jarayonida avtobus haydovchisi, ko‘rgazma, muzey ishchilari, uslubiy to‘garak 
rahbarlari, boshqa gidlar, turistik guruh rahbarlari bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabat 
o‘rnatish jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Tahlil qilish qobiliyati o‘z ishini tanqidiy tahlili, o‘tkazgan ekskursiya 
xizmati sifatini, metodik usullarni qo‘llashning samardorligini ob’ektiv baholashida 
namoyon bo‘ladi. 


47 
Ta’kidlab o‘tilgan qobiliyatlar hamma gidlarga ham uchramaydi. Gid 
qobiliyatini rivojlantirishda kurslardagi o‘qishlar, uslubiy to‘garaklardagi ishlar, 
ob’ektlar oldidagi mustaqil mashg‘ulotlar, ekskursiyani o‘tkazish uslubi va 
texnikasini chuqur o‘rganish muhim rol o‘ynaydi. 

Download 2,73 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga

Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish