Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/163
Sana24.11.2023
Hajmi2,73 Mb.
#104925
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163
Bog'liq
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

TALABLAR 
 
3.1. Gid kasbining o‘ziga xos xususiyatlari 
3.2. Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga qo‘yiladigan talablar 
3.3. Gidning nutq madaniyati 
3.4. Gid faoliyatini tashkil etishning bosqichlari 
3.1. Gid kasbining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Har bir kasb mehnat faoliyati bo‘lib, insondan aniq bilim va mehnat 
ko‘nikmalarini talab qiladi. Bu bilim va ko‘nikmalar umumiy va maxsus ta’lim 
hamda ishchining kunlik amaliy faoliyati jarayonidan olinadi. 
Gidning ishi yaqin o‘tmishgacha kasb sifatida qaralmagan, u havaskor guruh 
uchun qiziqarli mashg‘ulot bo‘lgan, xolos. Gid ishini turli soha mutaxassislari 
o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan ajralmagan holda bajarishgan (pedagoglar, muzey 
ilmiy xodimlari, institut ilmiy xodimlari va h.k.). Faqatgina bir necha ekskursiya 
muassasasi va alohida muzeylar shtatida gidlar mavjud bo‘lgan, xolos. Ammo 
o‘sha paytlarda bu faoliyat kasbiy xususiyatlarga ega bo‘la boshlagan. 
Ekskursiya xizmati funksiyasining o‘zgarishi, uning dam olish shaklidan 
mehnat jamoalarida madaniy-tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakliga aylanishi, 
aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqqa aylanishi, yangi mutaxassislik, ya’ni gid 
rolining oshishiga olib keldi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3-
moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid (ekskursiya yetakchisi) 
tushunchalari kiritilgan. Unga ko‘ra «turistik guruh rahbari - turistik faoliyat 
sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat 
ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs», 
«Gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish 


42 
shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va 
malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs»
2
-degan ta’riflar kiritilgan. 
Gid kasbining shakllanishi murakkab va ko‘pqirralidir. Unda quyidagi 4 ta 
bosqichni ajratish mumkin: 
3.1-jadval 

Download 2,73 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish