• Gidning individualligi.
  • Gidning obro‘yi
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    Gidning optimistligi(nekbinligi).Insonning zaruriy fazilatlariga quyidagilarni 
    kiritish mumkin: optimistlik, hayotdan zavqlanish, tetiklik, atrofdagi yaxshi va 
    ijobiy narsalarni ko‘ra olish va sh.k. Gidning optimistligi uning mehmondo‘stligi, 
    xushmuomilaligi, tabassumi, atrofdagi insonlarga e’tibori, guruhda yaxshi muhit 
    yaratishi, kayfiyatini ko‘tara olishida namoyon bo‘ladi. 
    Ekskursiya xizmatida hikoyaning ohangi, berilayotgan bilimlarning 
    ishonarliligi, ekskursiyani yaxshi o‘tishiga ishonishi, o‘z o‘rnida hazillashishi, 
    bularning barchasi gidning optimistligidan dalolat beradi. 
    Gidning individualligi.Har bir inson uni boshqalardan ajratib turuvchi o‘ziga 
    xos xususiyatlarga ega (nutqi, ma’lumotni yetkazishi, imo-ishoralari va sh.k.). 
    Marshrutda gidning hikoyasini eshitib, shuni anglash mumkinki, u ba’zi 
    detallarni o‘zicha bayon qiladi, fikrlar qo‘shadi, imo-ishoralar, tabassumidan 
    foydalanadi. Bir gid yozma manbalarga murojaat qilsa, boshqasi mavzuni 
    boyituvchi she’rlar o‘qiydi, uchinchisi hujjat ma’lumotlaridan foydalansa, boshqasi 
    tanaffusni to‘g‘ri belgilaydi. Ko‘p yillik ish tajribasiga ega gidlarda ekskursiyani 
    olib borishning individual yondashuvi shakllangan bo‘ladi va yillar davomida 
    qo‘llab kelayotgan usullarni o‘z o‘rnida boshqa usullar bilan uyg‘unlashtirib 
    ishlatishadi. 
    Gidning obro‘yi (avtoriteti) bevosita shaxsiyat muammosiga tegishlidir. 
    Gidning obro‘yi uning bilimi, malakasi, ko‘nikmasi, mafkurasi, tajribasiga 
    asoslanadi. Bu obro‘y bir necha omillar majmuasi, yig‘indisidan kelib chiqadi:


    49 
    a) holat obro‘yi, bu gidning ekskursiya rahbari, ekskursantlarni boshqarishi 
    faoliyatini nazorat qilishi bilan belgilanadi; 
    b) bilimliligi obro‘yi, ekskursiya mavzusini ekskursantlardan ko‘ra chuqurroq 
    bilishi gid obro‘yini mustahkamlaydi;
    d) malakaviylik obro‘yi, ekskursiyalarni o‘tkazish tajribasining mavjudligi 
    malakaviylik obro‘yini shakllantiradi (ekskursiyani o‘tkazishning uslubi va 
    texnikasini qo‘llash ko‘nikmasi); 
    e) gid obro‘yining muhim negizi bu- uning nutq madaniyati va noverbal 
    vositalarni qo‘llay olishidir; 
    g) ekskursantlar bilan o‘zaro munosabati, guruhda zaruriy muhitni yaratish. 
    Bunda uning o‘zini tutishi madaniyati va nutqi gid obro‘yining negizi hisoblanadi. 
    Gid kasbiy mahoratining asosini uning malaka va ko‘nikmasi tashkil etadi.
    Malaka- bu insonning egallagan bilim va ko‘nikmalari yordamida ma’lum 
    harakatlarni bajarishdir. Malaka – ongli, hatti-harakatning avtomatlashtirilgan 
    tarkibiy qismi. Malaka – faoliyat jarayonida uning biror-bir elementini (ongning 
    eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir. Ko‘nikma, malakalar maqsadga 
    yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. 
    Kasbiy mahoratni shakllantirish uchun chuqur bilim va uslubiy vositalardan 
    foydalanish malakasi zarurdir. Gid mahoratini egallashning quyidagi yo‘llari 
    mavjud: boshqa gidlar tajribasini qo‘llash, o‘quv mashqlarini bajarish, 
    ekskursiyalarga qatnashib ko‘rish va sh.k. Gidning muhim mahoratlaridan biri 
    auditoriya uchun bilimlarni qulay moslashtirishdir. 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish