53
mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan
ongli mashqlar qilish, tilning lug‘at boyligini
egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali
erishiladi.
Lug‘aviy so‘z boyligi, grammatik to‘g‘ri, badiiy ifodalangan, mantiqiy
tuzilgan, maqsadli imo-ishoralardan iborat nutq madaniy nutq hisoblanadi. «Nutq
madaniyati» tushunchasi og‘zaki va yozma nutqqa tegishlidir. Har ikkisi ham
mazmunli, tushunarli, ifodali va zamonaviy bo‘lishi kerak.
Gidning yozma nutq
madaniyati quyidagi hujjatlar bilan ishlashda namoyon bo‘ladi: asosiy va individual
matnda, uslubiy qo‘llanmalarda, referat, ma’ruza, taqriz, bibliografik obrazlarda.
Asosiy matn adabiy tilda, individual matn ko‘proq og‘zaki tilda tuziladi.
Til shunday ma’no-mazmunni anglatadiki, uning mavjud bo‘lishi va
ifodalanishi nutq orqali amalga oshadi. Til bir tomondan nutq hosil qilinadigan va
tushuniladigan qurilma sifatida talqin qilinsa, ikkinchi tomondan, mutaxassislar
nutq faktlaridan xulosa qiladigan qoidalar tizimi, birliklar majmuasidir. Bu
tushunchalarning har ikkalasi ham o‘zaro bir-birlariga bog‘liqdir, chunki til qurilma
sifatida mohiyatni anglatadi, bu mohiyatni unda mavjud bo‘lgan qoida va birliklar
orqali bilish mumkin. Nutq,
birinchidan, fikr-mulohaza bildirish jarayoni,
ikkinchidan, u til qurilmasi faoliyati natijasidir. Til va nutq haqida bildirilgan
bunday fikrlarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, ular o‘zaro bog‘liq, bir-birini
taqozo etuvchi hodisalardir va ayni paytda, ular o‘rtasida muayyan farqlar ham
mavjudki, bularni alohida eslatish lozim bo‘ladi. Til potensial hodisa bo‘lib,
kishilar ongida bolalikdan o‘zlashtirilgan gapirish qobiliyati va nutq orqali
ifodalangan fikrni tushunish vositasi sifatida mavjud bo‘ladi.
Nutq esa mavjud
imkoniyatni voqelantirish va so‘zlashuv qobiliyatini aniq muhitda amalga oshirish
jarayonidir. Nutq har bir alohida kishini individ va shaxs sifatida xarakterlovchi eng
samarador vositalardan biridir. Insonlar muloqoti nutq orqali amalga oshiriladi.
Uning yordamida odam o‘z fikrini, hissiyotlarini, kayfiyatini, istaklarini ifodalaydi.
Nutq individual hodisa bo‘lsa-da, aksariyat hollarda biz bir-birimizni tushunamiz.
54
Tushunish so‘zlashish faoliyatida ayrim o‘ziga xos va umumiy xususiyatlarning
mavjudligi tufayli yuz beradi. Bunday xususiyatlar muayyan til jamoasi
ishlatadigan birliklar (fonemalar, morfemalar, so‘zlar, gaplar) va ulardan
foydalanish qoidalarining umumiyligidadir. Umumiy birliklar va qoidalar til
tizimiga mansub bo‘lib, ularning individual nutqda ishlatilishi nutqning
strukturaviy asosini tashkil qiladi. Aynan shu asosda nutqning muloqot
jarayonidagi vazifasi amalga oshiriladi. Gapirish va
tushunish jarayoni odamlar
orasida fikr almashinuv, hissiyotlarini bildirish, axborot uzatish ehtiyoji tufayli ro‘y
beradi va bularning hammasi ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Nutqning aynan
mana shu ijtimoiy asosini til tizimi tashkil qiladi. Demak, nutq umumiy va ijtimoiy
xususiyatga ega bo‘lgan tilga nisbatan individual munosabatdagi hodisadir.
Nutq – til imkoniyatini namoyon etish, ovozli yoki yozuvli shaklga ega
insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Nutqda til imkoniyatlaridan foydalanish
gidga ma’lum mavzudagi aniq bilimlar majmuini yorqin ifodalash imkonini beradi.
Nutqning tushunarliligi, aniqligi va ifodaliligi so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, iboralar
tuzilishi kabi ko‘pgina omillarga bog‘liq.
Nutq
tashqi va
ichki nutqqa bo‘linadi.
Tashqi nutq kommunikativ
ahamiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati boshqa insonlarning eshitib,
tushunishiga
yo‘naltirilgan. Gidning hikoyasi – tashqi nutq namunasi bo‘lib, uning vazifasi
ekskursantlarning ongi va harakatlariga ta’sir ko‘rsatish, aniq ob’ektlar haqida
axborotlarni yetkazishdir. Tilning ikki asosiy funksiyasi mavjud: bilimlarni uzatish
va hozirgi holatni izohlash. Ekskursiyada tilning funksiyasi auditoriya bilan
muloqot jarayonida bilimlarni berish, hissiyotlarni so‘zli ifodalashdir.
Har bir nutq turi va ularning tarkibiga kiruvchi nutq ko‘rinishlari notiqlikning
alohida janrini tashkil etadi. Shunday ekan, har bir janr, uning tabiati bilan
belgilanadigan asosiy maqsad yo‘nalishlariga va muayyan ta’sirchanlik doirasiga
ega. Har bir nutq turi o‘ziga xos asosiy maqsad-yo‘nalishiga ega. Xususan, bir
martalik nutqlarning asosiy maqsadi tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish
orqali nutqni
«yutib chiqishdir». Bu haqda Aristotel shunday yozgan edi: «Ritorika»ning uch turi
55
mavjud, chunki tinglovchilar ham shuncha turda bo‘ladi. Nutq uch unsurdan tashkil
topadi: notiqning o‘zi, nutqning predmeti va u murojaat etayotgan kishi; ayni
u(men tinglovchini nazarda tutayapman) barcha ishning oxir maqsadidadir.
Ichki nutq – bu insonning ichki dunyosi nutqi, auditoriyada yetkazilishi kerak
bo‘ladigan fikrlarning oldindan shakllanishidir. Inson biror predmet haqida
o‘ylayotganida o‘zining ichki ovozi bilan dialog yuritadi. Ichki nutqi yordamida
fikr yuritadi, unda chizmalar, obrazlar,jadvallar kabi yordamchi vositalardan
foydalanadi. Ichki nutq insonning olgan bilimlariga tayanadi.
Gid ichki nutq
yordamida ekskursiya mazmunini to‘liq yoki qisman hayolida takrorlaydi. Har bir
gid mantiqiy mashqlarni hal qilishda o‘z-o‘zi bilan muloqot qilib, ichki nutq
imkoniyatlarini to‘liq qo‘llashi kerak.