Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/163
Sana24.11.2023
Hajmi2,73 Mb.
#104925
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Noverbal muloqot vositalari. Nutqli muloqot auditoriyaga ikki oqim 
axborotlari orqali ta’sir qiladi: birinchisi, uzlukli so‘zli oqim, ikkinchisi uzluksiz 
noverbal oqim. Noverbal muloqot vositalarigainsonlarning imo-ishorasi, tabassumi, 


58 
yurish-turishikiradi. Nutq yordamida axborotning, matnning mazmuni va mohiyati 
uzatiladi. Noverbal muloqot vositalari aytilgan fikrlarning qo‘shimcha ichki 
mazmunini, unga bo‘lgan munosabatni yetkazadi. Noverbal muloqot shakli imo-
ishoradir. Imo-ishoralar – bu aniq mazmunga ega qo‘llar yoki boshqa harakat 
a’zolarinig harakatidir. 
Gidning imo-ishoralari eshituvchilar diqqatini bayon etilayotgan malumot 
mazmuniga qaratadi, asosiysini ajratadi, aytilganlarni isbotlaydi. Imo-ishoralar 
nutqni jonlantiradi. Ishora, ayniqsa ibora kuchli ifodaga muhtoj bo‘lganda qo‘l 
harakatlari yordam beradi, gid fikrlarining hissiyotli taassurotlarini namoyon etadi. 
Ekskursiya jarayonida ishoralarning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, u nafaqat 
hikoya bilan, balki ko‘proq ko‘rgazmalilikning tarkibiy qismi sifatida ob’ektlarni 
ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Bitta ob’ektni ko‘rsatishda ishoralarni tanlashda turlicha 
yondashuvlarni hisobga olish zarur. Gid ishoralar variantini (undovchi, 
ko‘rgazmali, hissiyotli, tavsiyali) guruh tarkibi, ekskursiya mavzusi, yil fasli, sutka 
vaqtiga bog‘liq holda ishlatadi. 
Undovchi ishoralar-ob’ektni ko‘rsatish bilan bog‘liq emas, ular tashkiliy 
xarakterga ega. Ular yordamida gid ekskursantlarga avtobusdan tushishni yoki 
salonda o‘z o‘rnida o‘tirishni, ob’ekt oldida guruhni joylashtirishni, keyingi 
ob’ektga yo‘l olishni ko‘rsatadi. 
Hissiyotli ishoralar- gidning hissiyoti, ruhiy holatini namoyon etadi. 
Hikoyada ishlatiladigan ishoralar bayon etiladigan malumot muhimligini, gid 
fikrining mazmunini yoritishi, yo‘nalishli bo‘lishi kerak. Ishoralarni ishlatishdagi 
kamchiliklar sifatida ularni haddan ziyod yoki so‘zlar o‘rnida qo‘llash, ob’ektlarni 
ko‘rsatish jarayonida ishoralarning hikoya bilan mos kelmasligi yoki undan uzilish 
kabilarni aytish mumkin. Hozirda ekskursiya arayonida ishoralarni ko‘rgazmali va 
samarali ishlatish qoidalarining ilmiy ishlanmalari yo‘qligini uslubiy kamchilik 
sifatida ta’kidlab o‘tish mumkin. 
Gidning hissiy madaniyatini imolar namoyon etadi. Imo- bu inson yuzidagi 
mushaklarining harakati bo‘lib, uning ichki ruhiy holati, kechinmalari, kayfiyatini 


59 
namoyon etadi. Ko‘pgina hollarda imo so‘zdan ham ko‘proq mazmunni anglatishi 
mumkin. Imo va ishora bir-biridan ajralmasdir.

Download 2,73 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish