50
sh.k.) asosida amaliyotda to‘plagan harakatlaridir. Ko‘nikma mahoratning yuqori
darajasidir. Ko‘nikma avtomatik qilinadigan harakatlardir. Ko‘nikmaga ega bo‘lish
bu nafaqat ishni tez va aniq, balki ishonchli bajarishga erishish hisoblanadi. Gid
ko‘nikmalarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash ko‘nikmasi;
ekskursiyada ob’ektlarni ko‘rsatish ko‘nikmasi;
ekskursiya ob’ektlarini hikoya qilish ko‘nikmasi;
ekskursiyani o‘tkazish texnikasi ko‘nikmasi;
«gid portfeli»dagi ko‘rgazmali vositalarni namoyish etish ko‘nikmasi;
ekskursantlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
nutq madaniyati ko‘nikmasi;
kitob bilan, muzeyda, ko‘rgazmada, arxivda ishlash ko‘nikmasi;
ekskursiyani o‘tkazishda tayyorgarlik ko‘nikmasi;
ekskursiyani reklama qilish ko‘nikmasi;
ekskursiyadan keyingi ishlar ko‘nikmasi.
Gid ekskursiya guruhi qatnashuvisiz o‘ziga
xos repetitsiyalarda
ekskursiyaning texnikasini(ob’ektlarni ko‘rsatishning qulay nuqtalarini tanlash,
hikoya qilishning usullarini qo‘llash, «gid portfeli»dagi ko‘rgazmali vositalardan
foydalanish, guruhni to‘g‘ri joylashtirish) takrorlab olishi maqsadga muvofiqdir.
Bundayin mashg‘ulotlarni uslubchi yoki malakali gidlar nazorat qilishi mumkin. Bu
turdagi mashg‘ulotlar jarayonida gidning harakatlari o‘rganiladi, aniqlanib
mustahkamlanadi. Aniq metodikadan foydalangan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazish
va doimiy takrorlash gidda ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Bunday
ishlarni tashkillashtirishning turli shakllari mavjud, masalan, o‘quv ekskursiyalar,
ob’ekt oldida mashg‘ulotlar, ish yuzasidan o‘yinlar o‘tkazish va sh.k. Mashg‘ulot
qatnashchilariga quyidagi savollarga javoblar olinadi:
1. Ob’ektni ko‘rsatishda gid qaysi ko‘nikmalarni qo‘llaydi?
2. Ko‘nikmalardan foydalanish samaradorligi qanday?
51
3. Qaysi ko‘nikmalarni o‘rganish qiyinroq?
4. Gid qo‘llayotgan usullarni ekskursantlar sezishi mumkinmi?
Ko‘nikmalarning takomillashib borishi gidga ekskursiyadagi turli
tayyorgarlik darajasiga ega odamlar uchun uni o‘tkazishning
variantlaridan
foydalanish imkonini beradi.
Gidning kuzatuvchanlik ko‘nikmasini rivojlantirish ma’lum qiyinchiliklarni
tug‘diradi. Buning uchun quyidagi mazmunda mashqni taklif etish mumkin:
gidlarga 20-30 soniya davomida bir necha predmetlar ko‘rsatiladi. Keyin savol
beriladi: Nimalarni ko‘rdingiz? Predmetlarning ko‘rinishi? Qay biri qiziqarliroq?
Mashq bir necha bor takrorlanadi. Keyinchalik vaqt kamroq ajratilib,
predmetlar
soni ko‘payadi. Mashg‘ulot maqsadi- gidlarni kuzatilayotgan ob’ektni tez qabul
qilishi, his etishiga erishishidir.
Boshqa bir guruh mashg‘ulotlar gid diqqatini bir-biriga o‘xshash
predmetlarni taqqoslashga yo‘naltiriladi. Mashg‘ulot boshida kuzatilayotgan
predmetlarning farq qiluvchi xususiyatlari, detallarini sanab o‘tish vazifasi beriladi.
Mashg‘ulot qatnashchilari, kuzatilayotgan ob’ektni
taqqoslab, ularning bir-biridan
farq qiluvchi jihatlarini topishadi. Shu tariqa kuzatuvchanlik ko‘nikmasi
shakllanadi. Ekskursiyalar mazmuni, ob’ektlarning tavsifi va o‘ziga xosligidan
kelib chiqib, gidlar uchun boshqa mashqlar ham tashkil etiladi.
Maqsad
ekskursiyalarni o‘tkazishda gidlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Gidlarning kasbiy mahoratini oshirish, ko‘nikmasini shakllantirish va
mustahkamlashda uyga berilgan vazifalarni bajarishi katta o‘rin egallaydi. Ushbu
mashg‘ulotning o‘ziga xos jihati - aniqlikdir. Masalan: gidga shahar
ekskursiyalarida ob’ektni ko‘rsatishda rekonstruksiyalash
usulidan foydalanish
texnikasini, imo-ishoralar usulidan foydalanishni repetitsiya qilish vazifasi
beriladi.
Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning bilim va malakasiga
balki, ekskursantning ob’ektni kuzata olishi ko‘nikmasiga, hikoyaga e’tibor
qilishiga, aniq faktli ma’lumotlarni qabul qilib,
zaruriy xulosalar qilishiga
52
bog‘liqdir. Shuning uchun, ekskursiya xizmatining asosiy vazifasi ob’ektlarni
ko‘rish va his qilishni ekskursantlarga o‘rgatishdir, ya’ni ularda ob’ektlarni
kuzatish va o‘rganish ko‘nikmasini shakllantirishdir.