Ekskursiya xizmatini tashkil qilishda gid temperamentining roli




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/163
Sana24.11.2023
Hajmi2,73 Mb.
#104925
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Bog'liq
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Ekskursiya xizmatini tashkil qilishda gid temperamentining roli. Tashkil 
etiladigan ekskursiya mavzusining xarakteri, uning o‘ziga xosligi gidning 
temperamentiga bog‘liq bo‘ladi. Temperament esa uch xulq atvorda namoyon 
bo‘ladi va hissiyotlarning kuchli yoki kuchsizligi, barqarorligi yoki 
o‘zgaruvchanligi, kechinmalarning davomiyligi bilan tavsiflanadi. Inson 
temperamentiga (sangvinik, xolerik, flegmatik, milanxolik) bog‘liq ravishda uning 
xulq-atvori aniq hissiyotlar guruhi bilan tavsiflanadi: jo‘shqin, jahldor, bosiq, har 
xil asabbuzarliklarga reaksiyasi. 
Temperamentning namoyon bo‘lishi inson umumiy madaniyatining 
natijasidir. Uningharakatlari irodasiga bo‘ysunishi va o‘z hissiyotlarini boshqara 
olishiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Ekskursiya xizmati jarayonida ekskursantlar bilan 
o‘zaro munosabatda bu omil muhim hisoblanadi. Tashqi va ichki asabbuzarliklar 
ta’sirida yuzaga kelayotgan gidning hissiyotlari, kayfiyati (haddan tashqari 
ko‘tarinki yoki tushkun), ekskursiya jarayoniga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. O‘zini 
qo‘lga olish, guruhda kerakli muhitni ta’minlash gid mahoratining asosidir. 
Gidning his-tuyg‘ulari ob’ektiv xarakterga ega bo‘lishi kerak. Ekskursiya 
jarayonida mavzuni yoritishda, gid ekskursantlarda hamdardlik hissini, voqealarga 
ishtiroki hissini uyg‘ota olishi maqsadlidir. Ekskursantlar kayfiyatidahikoyaga 
nisbatan umumiy hamdardlikka erishilsa, ekskursiya ma’lumotlari yuqori darajada
qabul qilingan bo‘ladi. Ekskursiya jarayonida shunday holatlar ham uchraydiki, 
tarkibiy jihatdan har xil bo‘lgan guruhda bitta ma’lumotga nisbatan turlicha 
munosabat bo‘lishi mumkin. Buning sababi odamlarning individual o‘ziga xosligi, 
temperament tiplari, ularning kayfiyati, mavzuga qiziqishi, ekskursiyada 
ishtirokidagi motiviga bog‘liqdir. 


48 
Ekskursiya xizmati mavzusidan kelib chiqib, gid ekskursantlarning 
umumta’limiy tayyorgarligi va ularning estetik rivojini hisobga olishi zarur. 
Ma’lumotlarga haddan ziyod izoh berish, uni soddalashtirish ekskursantlarda turli 
hissiyotlar uyg‘onishiga halaqit beradi, fikrlash qobiliyatini yengillashtirmoqchi 
bo‘lib, gid ular bilan aloqani yo‘qotishi va shu tariqa mavzuni buzishi mumkin. 
Soddalashtirilgan ma’lumot, haddan ziyod misollar, yangilikning yo‘qligi, 
ekskursantlarga hech qanday hissiyot o‘yg‘otmaydi. 

Download 2,73 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekskursiya xizmatini tashkil qilishda gid temperamentining roli

Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish