Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,fizika “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, fizika“ darsligi. .
Namoyish tajribalari:
1. Vakuumda elektr toki.
2. Metall o‘tkazgichlar qarshiliklarini temperaturaga bog‘liqligi.
3.Yarimo‘tkazgichli asboblar (diod, tranzistor) va ularning texnikada qo‘llanilishi.
4. Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish.
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:
Tok manbai. Milliampermetr, mikroampermetr. Voltmetr. Qarshiliklar to‘plami. Vakumli diod. Diod. Triod. Tranzistor. Neon gazi bilan to‘ldirilgan lampa. Turli kuchlanishli tok manbalari. O‘tkazgichlar. Izolyatorlar. Termometr. Tok o‘tkazgichli moddalar. Kalit. Ulashsimlari.
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Zaryadlarning saqlanish qonuni. Jismlar elektrlanganda ulardagi umumiy zaryad miqdori o‘zgaradimi? Bu savolga javob topish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik (7.1 a-rasm).
Tajribani davom ettiramiz. Movutga ishqalangan diskni ikkinchi elektrometr sterjeniga tekkizamiz (7.1-b rasm). Bunda ikkinchi elektrometr strelkasi ham buriladi. Strelkaning og‘ish burchagi birinchi elektrometr strelkasining og‘ish burchagiga teng bo‘ladi. Bu esa har ikkala disk son qiymati jihatidan teng miqdorda zaryadlanganligini ko‘rsatadi. Agar har ikkala elektrometr sterjenlarini metall o‘tkazgich bilan tutashtirilsa, har ikkala elektrometr strelkasi nol holatga kelganligini ko‘ramiz. Bu hodisa elektrometrlar (disklar) son qiymati jihatidan teng, lekin ishoralari turlicha bo‘lgan zaryadga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi.
Elektrlanishga oid o‘tkazilgan barcha tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yagona jismni zaryadlab bo‘lmas ekan. Jismni zaryadlash uchun albatta, ikkinchi jismning bo‘lishi shart. Elektrlanish jarayonida jismlardan biri qancha manfi y zaryad olsa, ikkinchisi shuncha miqdordagi musbat zaryadga ega bo‘ladi. Bu xulosa elektr zaryadining saqlanish qonuni deb ataladi.
Zaryadlarning saqlanish qonuni 1750-yilda amerikalik olim va siyosiy arbob Bendjamin Franklin tomonidan kiritilgan.Faradey va Maksvell nazariyasiga ko‘ra zaryadlangan jismlar atrofi da
elektr maydon hosil bo‘ladi. O‘zaro ta’sir shu elektr maydon vositasida amalga oshadi. Bu maydonni qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Uni faqat ta’sirlariga ko‘ra sezish mumkin.Elektr maydonining zaryadli zarralarga ta’sirini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, maydonning ta’siri zaryadlangan jism yaqinida kuchli, undan uzoqlashgan sari kuchsizlanib boradi. Elektr zaryadlari hosil qilgan maydonning kuchli yoki kuchsiz ekanligini ko‘rsatish uchun elektr maydon kuchlanganligi deb ataluvchi kattalik kiritilgan.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________
Sana “ ”_____________________201___-yil.
Mavzu: 31-mavzu. ZARYADLANGAN SHARNING ELEKTR MAYDONI. DIELEKTRIK SINGDIRUVCHANLIK
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:B1
Harakat turlarini farqlay oladi. Aylanma harakatni uzatish, gorizontal otilgan jism harakati, Galileyning nisbiylik prinsipi, inersial va noinersial sanoq sistemalari, jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati,jismlarning elastik va noelastik to‘qnashuvi, jismlarning muvozanat shartlarini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.B1+
Harakatlanayotgan gazlar va suyuqliklarda bosimning tezlikka bog‘liqligini tushunadi va tahlil qila oladi.
Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi:B1
gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakatini, momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar,qiya tekislikda foydali ish koeffitsiyentini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlay oladi va xulosalar chiqaradi.B1+
Mavzuga doir tajribalarni o‘tkazish yo‘li bilan kattaliklarni aniqlay oladi va tahlil qila oladi.
Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olishkompetensiyasi:B1
o‘quvchi jismlarning vertikal harakati, aylana bo‘ylab notekis harakat, gorizontal otilgan jismning harakati, dinamika va saqlanish qonunlarini hisoblashga doir masalalar yecha oladi, o‘quv-laboratoriya elektron tarozisi, spiral prujinalar, bloklar, qiya tekislik, dinamometrlardan amaliyotda foydalana oladi.
|
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
|