• Elektr toki, tok kuchi va tok zichligi. Elektr toki.
  • Reja: Elektr toki, tok kuchi va tok zichligi




    Download 43.88 Kb.
    bet1/3
    Sana19.05.2023
    Hajmi43.88 Kb.
    #62048
      1   2   3
    Bog'liq
    Reja Elektr toki, tok kuchi abduvali aka
    1 052219, 1-ma\'ruza moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati (5), Mexanika, 5-sinf-matematika-fanidan-test-savollari-bilimlar-bellashuvi-uchun, Зоология, 1, Malumotlar onbori, 12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE, 692-qaror, 1-Mavzu Axborotni kodlash turlari, TOTAL COMMANDER BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI , КДЛ, Ba’zi trigonometrik funksiyalarni integrallash, 12 tarqatma

    Elektr toki.

    Reja:


    1. Elektr toki, tok kuchi va tok zichligi.

    2. Tokning ta’sirlari.

    3. Tashqi kuchlar. Elektr yurituvchi kuch va kuchlanish.

    4. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. O’tkazgichlarning qarshiligi.

    Biz oldingi mavzuda harakatsiz elektr zaryadi va unga bog’liq bo’lgan fizik hodisalarni o’rgandik. Endi ularning harakati bilan bog’liq jarayonlarni ko’rib chiqamiz. Elektr zaryadlari yoki zaryadlangan makroskopik jismlarning harakati bilan bog’liq hodisa va jarayonlarni o’rganishda elektr toki tushunchasi muhim ahamiyatga egadir.



    Elektr toki, tok kuchi va tok zichligi.
    Elektr toki.
    Elektr toki deb, zaryadlangan zarrachalarning tartibli (yo’nalgan) harakatiga aytiladi. Bunda
    Uchta hol bo’lishi mumkin. Biror jismni zaryadlab, uni fazoda ko’chirsak, elektr zaryadlari jism bilan birga ko’chadi. Bunday tokka konveksion tok deyiladi. Tashqi elektr maydoni ta’sirida – o’tkazgichlardagi musbat zaryadlar maydon bo’ylab, manfiy zaryadlar esa maydonga qarshi harakatga keladi, ya’ni o’tkazgichda elektr toki vujudga keladi. Demak, mikroskopik elektr zaryadlar qo’zg’almas jism (metallar, yarimo’tkazgichlar va gazlar) ichida nisbatan tartibli harakatlanadi. Bu tokka o’tkazuvchanlik toki deyiladi. Shartli ravishda elektr tokning yo’nalishi musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi bilan mos, manfiy zaryadlarning harakatiga esa qarama-qarshi deb qabul qilingan. Masalan metallardagi elektr tokining yo’nalishi elektronlarning harakat yo’nalishiga qarama-qarshi deb olinadi. Uchinchi holdagi toklarga vakuumdagi toklar kiradi.
    Agar elektr zaryadlarining batartib harakati zaryadlangan makroskopik jismlarning fazodagi ko’chishidan iborat bo’lsa, bunday tokka ko’chish toki deyiladi.
    Elektr toki vujudga kelishi va mavjud bo’lishi uchun:

      1. batartib harakat qilishi mumkin bo’lgan erkin zaryadlangan zarralar;

      2. energiyasini bu zarralarning batartib harakatiga sarflaydigan elektr maydoni,- bo’lishi zarur.


    Download 43.88 Kb.
      1   2   3




    Download 43.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Elektr toki, tok kuchi va tok zichligi

    Download 43.88 Kb.