• I. Tashkiliy qism
  • Yangi dars bayoni
  • Sana “ ” 201 yil




    Download 1,37 Mb.
    bet74/103
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #156399
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
    Bog'liq
    10 s-d-i-t

    4.

    Mustahkamlash

    12 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa



    Darsning maqsadi:

    • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,kimyo “ darsligi bilan tanishtirish;

    • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

    • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

    • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

    Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, kimyo “ darsligi. .
    2.,,Mavzuga oid chizmalar
    3.Doska, bo‘r, daftar.
    4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
    I. Tashkiliy qism:
    5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
    6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
    II. Darsning mazmuni:
    7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
    8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
    9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
    III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
    11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
    Yangi dars bayoni:
    Yog‘larning tuzilishi. Yog‘lar glitserinning organik kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari sanaladi. Glitserin uch atomli spirt bo‘lgani uchun, bir vaqtda o‘ziga 3 ta organik kislotani biriktiradi.
    Yog‘larning tabiatda tarqalishi. Yog‘larning fzikaviy xossalari. Yog‘lar tabiatda keng tarqalgan. Ular o‘simlik va hayvonlar organizmining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hayvonlar organizmidagi yog‘lar qattiq yog‘lar hisoblanadi. Bu yog‘lardagi glitseringa birikkan kislotalar to‘yingan kislotalar bo‘ladi.O’simlik yog‘lari suyuq yog‘larga misol bo‘la oladi. Suyuq holatda bo‘lganligi uchun, bunday yog‘larni moylar deb ham atashadi. Ularning suyuqlanish va qaynash temperaturalari qattiq yog‘larnikidan past bo‘ladi. Glitseringa birikkan to‘yinmagan kislota tarkibida qo‘shbog‘lar sonining
    ortishi, yog‘ning qaynash va suyuqlanish temperaturalari pasayishiga olib keladi.Yog‘lar suvda erimaydi. Ular boshqa organik moddalar singari organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Bunday erituvchilarga benzin va tetraxlormetanni misol qilish mumkin.Yog‘larning kimyoviy xossalari. Yog‘lar kundalik iste’mol qilinadigan oziq ovqatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Yog‘lar parchalanganda, uglevod yoki oqsillarga nisbatan 2 barobar ko‘proq energiya ajralib chiqadi.Yog‘lar organizmda maxsus fermentlar yordamida parchalanadi. Ular o‘zlarining tarkibiy qismlari bo‘lgan glitserin va karbon kislotalariga parchalanadi va shu holda organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Yog‘larning bunday parchalanishi gidroliz reaksiyasiga misol bo‘ladi. Yog‘larning gidrolizidan sanoat miqyosida foyda-
    laniladi. Maxsus avtoklavlarda, yuqori bosim va temperatura hosil qilinadi. Bu avtoklavlarda yog‘
    glitserin va karbon kislotalarga parchalanadi.
    Yog‘larni ishqoriy muhitda parchalasak glitserin bilan birga sovun olish mumkin. Bunda odatdagidek, avval glitserin va karbon kislotalar hosil bo‘ladi. Aralashmada ishqor (masalan NaOH) ham bo‘ladi. Natijada kislotalar bu ishqor bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Aynan shu tuz ( karbon kislota
    va natriy hosil qilgan tuz) sovun deyiladi. Natriy ishqori asosida olingan sovunlar qattiq bo‘ladi. Natriyli tuzlardan atir sovun, kir sovun olinadi. Karbon kislotaning natriy bilan hosil qilgan tuzi hidsiz va deyarli rangsiz bo‘ladi. Sovunlardagi rang va yoqimli hid ularga bo‘yovchi va hid beruvchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi.Agar yog‘larni gidrolizlashda natriy ishqori o‘rniga kaliy ishqori ishlatilsa,
    suyuq sovun hosil bo‘ladi. Sanoat miqyosida qattiq yog‘larga bo‘lgan talab yuqori. Shuning uchun
    avvaldan suyuq yog‘lardan qattiq yog‘ olish borasida izlanishlar olib borilgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, suyuq yog‘lar tarkibida to‘yinmagan kislotalar bo‘ladi. Qattiq yog‘lar tarkibida bo‘lsa to‘yingan kislotalar mavjud. Agar suyuq yog‘ni vodorod yordamida gidrogenlasak, ya’ni ular tarkibidagi to‘yinmagan kislotalarni to‘yintirsak ular qattiq holga o‘tadi.



    Download 1,37 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




    Download 1,37 Mb.