|
Sana “ ” 201 yil
|
bet | 77/103 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #156399 |
Bog'liq 10 s-d-i-tYangi dars bayoni:
Ularning ayrim vakillari, masalan, kraxmal, glukoza, saxaroza asosiy ozuqa moddalardan hisoblansa, boshqalari (kletchatka yoki selluloza) o‘simliklarga chidamlilik va qattiqlik beruvchi modda hamda mato, qog‘oz va turli xil tolalar olishda ishlatiladi.„Uglevodlar“ degan nomning kelib chiqish sababi shundaki, ushbu sinfning birinchi o‘rganilgan vakillarining umumiy formulasi Cn(H2O)m ko‘rinishga mos kelgan, ya’ni ular xuddi, uglerod va suvdan tashkil topgan degan ma’noni bildirgan. Ammo hozirda uglevodlarning ushbu formulaga javob bermaydigan vakillari ham ma’lum.
Uglevodlar klassifikatsiyasi.Uglevodlarni ularning tuzilishiga ko‘ra monosaxaridlar, disaxaridlar va
polisaxaridlarga ajratish mumkin.Gidrolizlanmaydigan, ya’ni oddiy uglevodlarga ajralmaydigan uglevodlar monosaxaridlar deyiladi (glukoza, fruktoza, riboza). Bu moddalardan ko‘pchiligining tarkibida uglerod atomlarining soni kislorod atomlarining soniga teng. Ko‘p oddiy uglevodlar hosil qilish bilan gidrolizlanadigan uglevodlar polisaxaridlar deyiladi (kraxmal, selluloza). Bu moddalardan ko‘pchiligining tarkibida uglerod atomlarining soni kislorod atomlari soniga teng emas. Gidrolizlanganda ikkita monosaxarid molekulasiga parchalanadigan uglevodlarga disaxaridlar deb aytiladi (maltoza, saxaroza). Uglevodlar klassifikatsiyasini umumiy holda quyidagi sxema tarzida tasvirlash mumkin:
MONOSAXARIDLAR
Monosaxaridlar eng sodda uglevodlar hisoblanadi. Ularning umumiy nomini molekulasidagi uglerod atomlar sonini lotincha nomiga «oza» qo‘shimchasi qo‘shib o‘qish bilan hosil qilish mumkin. Masalan. C3H6O3-trioza; C4H8O4-tetroza; C5H10O5-pentoza; C6H12O6-geksoza; C7H14O7-geptoza.
Monosaxaridlar xossalarini geksozalar misolida o‘rganamiz. Ulardan glukoza eng katta ahamiyatga ega.
Tabiatda tarqalishi. Glukoza sof holda yashil o‘simliklarning deyarli hamma a’zolarida uchraydi. Ayniqsa u uzum sharbatida ko‘p, shuning uchun glukoza ba’zan uzum shakari ham deyiladi.Ta’kidlab o‘tish lozimki, glukoza yuqorida keltirilgan asiklik formaga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, siklik ko‘rinishi ham mavjudligi bir qator reaksiyalar bilan tasdiqlanadi. Bunda glukoza molekulasidagi uglerod atomlarining bog‘lar atrofda aylanishi natijasida egik shaklga keladi va beshinchi uglerod
atomidagi gidroksil guruh aldegid guruhi bilan bog‘lanadi. Aldegid guruhdagi π-bog‘ gidroksil guruh ta’sirida uziladi.Bunda bo‘shagan bog‘ga vodorod atomi birikadi va olti a’zoli halqa hosil bo‘ladi va bu halqada aldegid guruhi bo‘lmaydi. Suvdagi eritmada glukoza molekulasining har ikkala formasi – aldegid va siklik formalari bo‘lib, ular o‘rtasida kimyoviy muvozanat qaror topishi isbotlangan
|
| |