• Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: I. Tashkiliy qism
  • O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari




    Download 9,16 Mb.
    bet21/69
    Sana19.05.2024
    Hajmi9,16 Mb.
    #243932
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
    Bog'liq
    9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

    O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
    Kommunikativ kompetensiya:
    mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
    mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    T exnika (techne - mahorat, san’at) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish maqsadida insonning atrofdagi tabiatga ta’sir qilishiga imkon beradigan vositalar va ko‘nikmalar majmuyi. Uning asosiy vazifasi inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirishdir. Texnika tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qa’rini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni o‘zlashtirishga imkon beradi. «Texnika» termini yana ish (hunar) yoki san’atda qo‘llaniladigan usullarni ham bildiradi (masalan, to‘quvchilik texnikasi, etikdo‘zlik texnikasi, shaxmat o‘yini texnikasi va boshqalar). Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilishi bilan yangidan yangi texnika yaratiladi. Texnika tarixi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Umuman, texnika tarixini quyidagi 7 bosqichga bo‘lish mumkin: 1-oddiy ishlab chiqarish qurollari va usullari yaratilishi; 2- murakkabroq ishlab chiqarish qurollari va usullari yaratilishi; 3 - odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 -manufaktura ishlab chiqarish sharoitida mashina texnikasining yaratilishi; 5 - ilg‘or mamlakatlarda bug‘ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo bo‘lishi; 6 - elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 - avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik texnikaning taraqqiy etishi, axborot texnologiyasi (masalan, Internet)ning rivojlanishi.

    Download 9,16 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




    Download 9,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari

    Download 9,16 Mb.