|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 69/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Insonning kasbiy rejasi asosiy ishlarining hisobi sifatida amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar har xil bo‘lishi mumkin. Misol uchun, vaqtinchalik (masalan, 23 yoshda oliy o‘quv yurtini tamomlash va yaxshi ish topish) va voqeaga bog‘liqligi (menejer bo‘lish). Bu variant uchun insonning yoshi aniq belgilanmagan. O‘zingizning shaxsiy rejalaringizni tuzishda maksimum darajada mustaqil bo‘lishga harakat qiling. Xatolar bo‘lsa, ularni rejada o‘nglash va to‘g‘rilash mumkin. Rejangizni tuzishdan oldin o‘zingizning asosiy maqsadingizni belgilab olishingiz va ularga erishishning eng samarali yo‘llarini o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Shuni bilingki, rejaga maqsadga erishishning bir necha yo‘llari kiritilgan bo‘lishi lozim, chunki bizning hayotimiz o‘zgaruvchan va
hayot yo‘limizda kutilmagan holatlar yuzaga kelishi tabiiy hol. Kasbiy rejani tuzish uchun mashhur psixolog Y.A. Klimov tomonidan tuzib chiqilgan jadvaldan foydalanish mumkin.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Kasbga doir shaxsiy reja tuzing.
2. Tanlangan kasb-hunarga doir ma’lumotlar to‘plang va tahlil qiling.
3. Siz tanlagan kasb-hunar uchun qaysi o‘quv yurtida o‘qish kerak?
V. Mashg‘ulotni yakunlash: to‘garak a’zolarini yutuq va kamchilliklarini muhokama qilish, rag‘batlantirish
VI. Uyga vazifani e’lon qilish: yangi mavzuni to‘liq takrorlash va yangi mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamlab kelish.
Maktab MMIBDO‘________ __________________________sana____ ______________ 20__ yil
|
| |