|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 67/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Ma’lumki, hamma kasblarni, avvalo, ustoz-muallim o‘rgatadi. Dastlabki saboqni ham o‘qituvchi beradi. Shuning uchun barcha kasblar ichida o‘qituvchilik, muallimlik kasbi o‘ta sharafli va mas’uliyatlidir. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: o‘qituvchi kim, u qanday sifatlarga ega bo‘lmog‘i lozim? Xususan, bugungi kun o‘qituvchisi qanday malakalar bilan qurollantirilmog‘i darkor? O‘qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ishtirokchisidir. Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: «...H ar bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoiy kasb egalaridir», - degan edi. Darhaqiqat, o‘qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o‘z kasb mahoratini muntazam shakllantirib borishga ishtiyoq bo‘lmas ekan, u yaxshi ustoz bo‘la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg‘a surilayotgan barcha islohotlarning ijobiy yechimi ana shu ko‘p mingyillik ziyokorlik ishining samarasi bo‘ldi. Shuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan e’tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shu bilan birga o‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgacha bo‘lmoqda.
|
| |