|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 61/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Dizayn kasb sifatida dastlabki qadamidanoq loyihalash obyektining eng keng ko‘lamiga da’vogarlik qildi. Bugungi kunda qaysi bir sohada bo‘lmasin inson faoliyatini dizayner mehnatisiz tasavvur qilish qiyin. Dizayn arxitektor va rassomlar orasida paydo bo‘lib, rivojlanish jarayonida loyihalash, badiiy kompozitsiya va badiiy amaliy grafika faoliyatida nafaqat mustaqil turga aylandi, balki uning o‘zi ham badiiylik va arxitekturaning shakllanishiga faol ta’sir qilib, o‘zining kasbiy doirasini yanada kengaytirdi. Siz 8-sinfda ijodiy loyiha haqida tushunchaga ega bo‘lgansiz va o‘zingizning ijodiy loyihangizni tayyorlab, taqdimotini o‘tkazgansiz. Bu yil ham o‘zingizning bilim va qobiliyatlaringizni ishga solib, yangi ijodiy loyiha tayyorlashingizga to‘g‘ri keladi. Bunda sizga bilim va malakalaringiz yordam beradi. Ushbu mavzuda ijodiy loyiha nima ekanligini va uni qanday amalga oshirish kerakligini yaxshiroq tushunib olishga harakat qilamiz. Siz tomoningizdan amalga oshiriladigan loyiha misolida ijodiy ish qanday tashkil etilishi va uni himoya qilish uchun ijodiy loyihaning taqdimoti qanday o‘tkazilishi ko‘rsatiladi. Uchlari o‘tkir yaproqchali atirgul to‘qish uchun to‘rt qavatli yaproqchalar kerak bo‘ladi. 3 talik yumaloq yaproqchalardan iborat bo‘lgan 2 qavatni yuqorida tayyorlab oldik. Endi 3-qatorning 3 ta yaproqchalarini to‘qiymiz. Buning uchun 10 sm li kalta simga avvalgidek 5 ta emas, balki 4 ta noz munchoq o‘tkazib olamiz.
|
| |