|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
| bet | 59/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qiy olish va foydalana olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Karving (ing. carving - kesmoq, o‘ymoq) - bu meva va sabzavotlarni badiiy kesish san’ati. Karving Janubi-Sharqiy Osiyoda bundan taxminan ikki ming yil oldin paydo bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda karving butun dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Bayram dasturxonlari karving san’ati yordamida yanada qiziqarli va
o‘zgacha tusga kiradi. Bu san’at turi bilan siz mehmonlaringiz va yaqinlaringizni hayron qoldirishingiz mumkin. Buning uchun bizga turli pichoqlar va ozgina uquv kerak bo‘ladi. Quyida biz sabzavotlardan har xil bezaklarni tayyorlashni o‘rganamiz 1. Pomidorni yuvib, quritiladi. O‘rtasidan ikkiga bo‘lib, har biri yupqa
ingichka bo‘laklarga bo‘linadi. 2. Bo‘laklarni katta-kichikligiga qarab kichik, o‘rta va katta bo‘laklarga ajratib olamiz. 3. May da bo‘laklarni aylantirib buklab, atirgulning o‘rta qismini tayyorlab olamiz.4. Tayyor bo‘lgan o‘rta qismini o‘rtacha bo‘laklar bilan o‘rab chiqamiz.5. Uning ustidan pomidorning katta bo‘laklarini o‘rab chiqamiz. 6. Tayyor bo‘lgan atirgulning ba’zi yaproqlarini buklab, atirgul ko‘rinishini beramiz.
|
| |