|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 17/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
47-rasmdagi yostiqchani mustaqil tikib ko‘ramiz. Bu yostiqcha uchun 50x100 sm li qizil gazlama, sirtidagi oq va qizil belbog‘larini hosil qilish uchun 50x40 sm li oq va 50x40 sm li qizil gazlama, oq gulli bezagi uchun 20x25 sm li ikkita gazlama kerak bo‘ladi. 1. Ishni 50x100 sm bo‘lgan qizil gazlamani 2 ta teng bo‘lakka bichib olishdan boshlaymiz. 2. Bezaklarini tayyorlab olamiz. 50x40 sm bo‘lgan oq va qizil bezak matolarini bichib, uzunligi bo‘yicha o‘ngini o‘ngiga qo‘yib, ikki buklab, 1 sm chok haqi tashlab, avval qo‘lda, keyin esa mashinada tikib chiqamiz. 3. Tayyor bo‘lgan bezak matolarni (belbog‘larni) 50x50 sm qilib bichilgan qizil gazlama bo‘lagining o‘rta qismiga avval qizil, keyin oq qismini joylashtirib tikib olamiz. Uning ustiga yostiqchaning ikkinchi bo‘lagini o‘ngini ichiga qaratib qo‘yiladi va 3 ta tomoni 1 sm chok haqi tashlab, avval qo‘lda, keyin tikuv mashinasida tikib chiqiladi. So‘ngra molniya taqilmasini ochib, yostiqchaning ikkinchi qirqimiga qo‘yib, 1 sm chok haqi tashlab, tikib chiqiladi. 5. Bant shaklidagi bezaklarni tayyorlash uchun bizga 20x25 sm li ikkita oq gazlama kerak bo‘ladi. Ular uzunligi bo‘yicha o‘ngini o‘ngiga qo‘yib buklab, ikki tomoni tikib chiqiladi. O‘ngiga ag‘darib, uchinchi tomonini ham qirqimini ichiga 1 sm buklab, tikib chiqiladi.
|
| |