|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 25/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Bunda ishlab chiqarish talab va taklif, shunga muvofiq narxning o‘zgarishiga qarab yuritiladi. Talab oshib, narx o‘ssa, ishlab chiqarish ko‘payadi, aksincha, taklif oshib, talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi. Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarning pay do bo‘lishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yo‘l ochib berdi. Jumladan, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi an’anaviy savdoni yangi, zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojiga katta yo‘l ochib berdi. Mustaqil O‘zbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan o‘z manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini o‘rnatdi va bu sohada yangi-yangi yo‘llarni topishda tinmay izlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bozor faoliyatini rivojlantirish yo‘lida juda ko‘p yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo bo‘lmoqda, davr talabiga javob bera oladigan iste’dodli tadbirkorlar safi ko‘paymoqda. Hozir O‘zbekistonda bozorlar asosiy sotiladigan mahsulotlarga ko‘ra dehqon bozori (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari), buyum bozori, ulgurji bozor, mol (chorva mollari) bozori kabi turlarga bo‘linadi. Zamon talablariga javob beradigan, odamlar ehtiyojini qondira oladigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi barcha ishlab chiqarish turlari zamonaviy ishlab chiqarishga misol bo‘ladi.
|
| |