|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 27/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Texnikani rivojlantirish fan va texnika taraqqiyotining muhim shartidir. Texnikani rivojlantirishda fan yutuqlaridan keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani ishlab chiqarishning muhim yutuqlari tabiiy va texnika fanlari kashfiyotlariga tayanadi. Texnika fan yutuqlari asosida rivojlanib borib, fan oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Hozirgi paytda yurtimiz tikuvchilik korxonalari fan-texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to‘ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil moslamalar bilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish davom etmoqda. Ishlab chiqarishning tayyorlov va bichish bo‘limlaridagi ishlarni mexanizatsiyalashtiradigan mashina, mexanizmlar va tashish qurilmalari kompleksi ishlab chiqilmoqda. Gazlamalarning nuqsonini aniqlaydigan, bo‘yi va enini aniq o‘lchaydigan yangi mashinalar joriy qilinmoqda. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash matematik asosda rivojlantirilib, elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish mumkin bo‘ldi. Kiyim qirqimlarini lazer nurlari, ultratovush, yuqori chastotali elektr uchquni bilan bichishda dasturlashtirilgan elektron boshqaruv tizimlaridan foydalanilmoqda.
|
| |