• Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: I. Tashkiliy qism
  • O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari




    Download 9,16 Mb.
    bet35/69
    Sana19.05.2024
    Hajmi9,16 Mb.
    #243932
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
    Bog'liq
    9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

    O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
    Kommunikativ kompetensiya:
    mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati tez sur’atlarda rivojlanib borayotganligiga qaramay, qo‘lda to‘qilgan kiyim va buyumlarga bo‘lgan qiziqish har doim yuqori bo‘lgan, chunki inson to‘qish hunarini mukammal egallagan bo‘lsa, o‘zining didiga, talabiga mos, turli mavsumlar uchun mo‘ljallangan kiyim va buyumlarni qo‘lda to‘qib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qo‘lda to‘qish jarayoni ilmoq yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ilmoqdan foydalanish bajarayotgan ishning chiroyli chiqish imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ilmoqning yengil metall, yog‘och, plastmassadan tayyorlangan turlari mavjud. llmoqlar, odatda, 12-15 sm uzunlikda, turli yo‘g‘onlikda, ilgich qismi turli (to‘mtoq, o‘tkir, ingichka, yo‘g‘on) shaklli qilib tayyorlanadi. Ilmoqning yo‘g‘on-ingichkaligi raqam bilan belgilanib, ilmoqning diametri uning raqami hisoblanadi. Masalan, diametri 2 mm bo‘lgan ilmoq ikkinchi raqamli va h.k. bo‘ladi. To‘qiladigan ipning ingichka-yo‘g‘onligiga moslab ingichka iplar uchun kichik raqamli, o‘tkir uchli, yo‘g‘on iplar uchun raqami
    yuqori bo‘lgan, to‘mtoqroq uchli ilmoqlar tanlanadi.



    Download 9,16 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




    Download 9,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari

    Download 9,16 Mb.