|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 31/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Elektr kir yuvish m ashinalari kirni yuvish, chayish, siqish va quritish uchun mo‘ljallangan. Kirni siqish va quritish uchun qizdirish elementlari bo‘lgan quritish avtomatlari ishlatiladi. Kir yuvish mashinalari 3 turga bo‘linadi: avtomat, yarimavtomat va ultratovush orqali kir yuvuvchi mashinalar (bu texnik vosita deyarli ommalashmagan). Dunyo miqyosida, shu jumladan, bizning yurtimizda ham asosan 2 turdagi kir yuvish mashinalari ommalashgan, bular avtomat va yarimavtomat. Avtomat kir yuvish mashinalarida kirni yuvish bilan birga uni siqish va ishlatilgan suvni to‘kish jarayonlari ham avtomatlashtirilgan (50-rasm). Ular maxsus dastur orqali boshqariladi va juda ko‘p qulayliklarga ega. Avtomat kir yuvish mashinalari kirni mashinaga solish usuliga ko‘ra vertikal va frontal ko‘rinishda bo‘lib, shu jihatdan ular bir-biridan dizayni bilan farq qiladi.V ertikal aylanali kir yuvish mashinasi. Bu turdagi mashinalar tuzilish mexanizmi jihatidan murakkabroq va shuning uchun ham tannarxi qimmat hisoblanadi. Bunday kir yuvish mashinalarining qulay tomoni qurilma enining kichikligi va shuning hisobiga ichki qismiga kiyimlar ko‘p miqdorda joyi ani shidadir. Bundan tashqari, yuviladigan kiyimlarning yuqoridan tashlanishi foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. Shuningdek, kir yuvish jarayonida esdan chiqib qolgan kiyimlarni yoki biron-bir qo‘shimcha yuviladigan narsalarni aralashtirish imkoni mavjud. Kamchiliklari qatoriga esa tannarxining qimmatligi (frontal kamerali kir yuvish mashinasidan sezilarli darajada qimmat), uzunligi va eni deyarli barcha modellarda bir xilligi, xaridor uchun tanlov borasida xilma-xillik yo‘qligini kiritish mumkin.
|
| |