• Mashg‘ulot uslubi
  • Mashg‘ulot jihozi
  • Kommunikativ kompetensiya




    Download 9,16 Mb.
    bet39/69
    Sana19.05.2024
    Hajmi9,16 Mb.
    #243932
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
    Bog'liq
    9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

    Kommunikativ kompetensiya:
    mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
    inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Yangi qatorni to‘qishga kirishishdan avval shu yangi qator balandligini hosil qilib beruvchi milk halqani to‘qib olish shart. Yangi qatorni to‘qishni boshlashdan oldin to‘qiladigan bitta yoki bir nechta havoyi halqalar qatorni ko‘tarish halqalari deyiladi. Ularning soni to‘qiladigan yangi qatorning balandligiga bog‘liq. Masalan, xomaki halqasiz ustunchalar to‘qishda bitta havoyi halqa, xomakili ustunchalar to‘qishda ikkita havoyi halqa yetarli bo‘ladi. Yangi qator balandligini hosil qilib beruvchi milk halqani qator oxirida bajarib, keyin to‘qimani aylantirib olgach, yangi qatorni boshlagan ma’qul. 1-qatorni to‘qish uchun ishchi ip ilmoqqa o‘ralib, bitta xomaki halqa hosil qilinadi, so‘ng ilmoq uchi zanjirdagi to‘rtinchi halqa (bunda ilmoqdagi halqa
    hisobga kirmaydi) orasiga kiritilib, yana bitta halqa hosil qilinadi va xomaki halqa to‘qib, uni halqa bilan xomaki halqa ichidan o‘tkaziladi. Yana ishchi ipdan xomaki halqa olib, uni ilmoqdagi ikki halqa ichidan tortib olinadi. Demak, ilmoqdagi ishchi halqa, hosil qilingan xomaki va yangi halqalar, jami uchta halqa ikki bosqichda: avval ikki halqa ichidan va yana keyingi ikki halqa ichidan o‘tishi bilan xomaki halqali ustun to‘qiladi.



    Download 9,16 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




    Download 9,16 Mb.