• Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: I. Tashkiliy qism
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi




    Download 9,16 Mb.
    bet47/69
    Sana19.05.2024
    Hajmi9,16 Mb.
    #243932
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
    Bog'liq
    9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Z amonaviy ko‘ylaklar (63-rasm) o‘zining oddiyligi, gazlamalar, zamonaviy taqilmalarning o‘z o‘rnida ishlatilganligi, ranglarning urfga asoslanganligi bilan boshqa ko‘ylaklardan ajralib turadi. Asosiy andaza chizmasi, tanlangan mato, qaychi, igna, ip, bo‘r, to‘g‘nag‘ich, angishvona, tikuv mashinasi, santimetrli tasma, chizg‘ich, qalam, maneken,stol, stul.
    1. Ko‘ylak eskizini chizamiz.
    2. O‘lchov olamiz.
    3. Ko‘ylakning asosiy andaza chizmasini tayyorlaymiz.
    4. Andazani modellashtiramiz.
    5. Andazaga model chiziqlarini kiritamiz.
    6. Gazlama tanlab, uni bichishga tayyorlaymiz.
    7. Andazani gazlama ustiga to‘g‘ri joylashtiramiz va bichamiz.
    8. Qo‘lda va mashinada tikamiz, so‘ng oxirgi ishlov beramiz.
    Shu ketma-ketlikka rioya qilsak, ko‘ylagimiz o‘zimiz o‘ylagandek chiroyli
    va bejirim chiqadi. Ishimizni zamonaviy ko‘ylak eskizini chizishdan boshlay-
    miz (64-rasm). Ko‘ylagimiz 1 ta old qismi, 1 ta orqa qismi va yon chokdan tushgan 2 ta ichki cho‘ntak qismlaridan iborat. Old qismining o‘rtasiga taxlama tushirilgan bo‘lib, yelka chizig‘i bo‘yicha qo‘shilgan qo‘shimcha yeng vazifasini o‘taydi. Keyingi ishimiz ko‘ylak uchun gavdadan o‘lchov olish va uning asosiy
    andaza chizmasini chizish bo‘ladi. Esingizda bo‘lsa, quyi sinflarda ko‘ylak uchun o‘lchov olishni va ana shu o‘lchov asosida ko‘ylak asosiy andaza chizmasini chizishni o‘rgangan edingiz. Endi shu bilimlaringiz asosida o‘z gavdangizdan kerakli o‘lchovlarni olasiz va asosiy andaza chizmasini tayyorlaysiz.

    Download 9,16 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




    Download 9,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

    Download 9,16 Mb.