|
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
|
bet | 45/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
To‘qilgan gul va barglardan (naqshlardan) panno tayyorlash uchun bizga avvalgi darslarda o‘rgangan va to‘qigan gul va naqshlarimiz kerak bo‘ladi. Taglik uchun to‘qilgan naqshlar yoki gazlamadan (karton qog‘ozdan ham foydalansa bo‘ladi) foydalanamiz. Uning ustiga gullarimizni va barglarni chiroyli kom-pozitsiya asosida joylashtiramiz va asosga birlashtiramiz (piltakach, igna, ip yoki yelim yordamida). Gul va barglarning o‘zini ham bir butunlikka birlashtirib, panno yaratish mumkin. 61-rasmda to‘qilgan gul va naqshlardan tayyorlangan panno turlari ko‘rsatilgan. Ularga qarab o‘z pannoyingizni yarating.
1. Asos uchun to‘qilgan to‘rtburchak shaklidagi taglik, bezaklari uchun gul va barglar kerak bo‘ladi.
2. Asosga gul va barglarni joylashtirib, igna va ip bilan tikib chiqamiz.
3. Hosil bo‘lgan kompozitsiyani ramkaga joylashtiramiz.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Pannoni tayyorlash uchun qanday ish qurollaridan va bezak materiallaridan foydalaniladi?
2. Qanday usullarda va nimalardan foydalanib panno tayyorlash mumkin?
3. Gazlama va qog‘ozlardan foydalanib panno tayyorlang.
|
| |