|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 53/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Dizaynerlar turli buyumlar shakli va ko‘rinishini o‘zgartirib, ularni yanada chiroyliroq, nafisroq qilib yaratishga harakat qiladilar. Masalan, oddiy quti va savatlarni turlicha shakllarda yasab va bezab, har xil turlarini yaratish mumkin. Modellashtirishda asosan bezatish yo‘li bilan ularning yangi modellari yaratiladi. Hozirda buyumlarni bezatishda ishlab chiqarilayotgan yarimtayyor bezak mahsulotlari (tasma, gul, to‘r, toshlar, nozmunchoq)dan foydalaniladi. Gazlamadan ham turli gul, barglar tayyorlab, sovg‘a uchun savat va qutilar bezatiladi. Savatlarni turli usullarda va turli xomashyolar yordamida qoplab bezash mumkin. Masalan, tayyor qutilarni gazlama, oddiy rangli va yaltiroq qog‘ozlar yordamida qoplab, bezaladi. Yanada chiroyli chiqishi uchun yarimtayyor bezak matolaridan foydalaniladi. Quyida biz savatni gazlama bilan qoplash va bezak matolari bilan bezashni o‘rganamiz.
|
| |