|
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
|
bet | 51/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakMatematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qiy olish va foydalana olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Stol, stul, qaychi, andaza, bo‘r, gazlama, igna, ip, to‘g‘nag‘ich, angishvona, tikuv mashinasi, maneken. Gazlamaning eniga qarab, agar enli (150 sm) bo‘lsa, (KU+chok haqi) bo‘yicha gazlama sarf bo‘ladi. Agar ensiz (80 sm li) gazlama bo‘lsa, 2*(KU+chok haqi) bo‘yicha hisoblanadi. Ko‘ylakni bichish uchun gazlama o‘ngini ichiga qaratib, uzunasiga ikki buklab to‘shaladi. Avval ko‘ylakning orqa qismi qo‘yiladi va chok haqlari qoldirib chizib chiqiladi, so‘ngra bichiladi. Keyin old qismining andazasi joylashtiriladi va chok haqlarini qoldirib, maxsus bo‘r bilan chizib chiqiladi. Chiziq ustidan bichiladi. Old va orqa bo‘yin o‘mizlari uchun eni 3-4 sm li adip bichiladi. Boshqa gazlamadan cho‘ntaklar uchun 2 qavatli astar bichiladi. Bichiq detallari: old bo‘lak - 1 dona, orqa bo‘lak - 1 dona, cho‘ntaklar astari 4 dona, adipning orqa qismi - 1 dona, old qismi - 1 dona. Eslatma: tikishda choklar avval qo‘lda ko‘klash chokida, keyin esa tikuv mashinasida tikib chiqiladi. Har bir chokdan keyin tikilgan choklar dazmollanadi. 1. Avval ko‘ylakning old qismidagi taxlama uchun qoldirilgan qo‘shimcha ko‘ylak uzunligi bo‘yicha 5-6 sm tikiladi. 2. Taxlama bir-biriga qaratib qo‘lda ko‘klab chiqiladi. 3. Old va orqa qismlarining yelka choklari 1 sm (1,5 sm) qoldirib tikiladi.
|
| |