|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 37/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qiy olish va foydalana olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Bundan tashqari, ilmoq yordamida piltakachda to‘qish jarayonida ayrim hollarda tushib qolgan halqalarni ko‘tarish, bir nechta halqalardan bitta halqa to‘qish ancha qulay va oson bajariladi. Ilmoqda to‘qishni o‘rganish piltakachda to‘qishni o‘rganishga nisbatan tez va oson kechadi. Ish oddiy halqa hosil qilishdan boshlanadi. Halqa hosil qilish uchun koptok ipning ichidan tortib bo‘shatiladi, soat millariga teskari yo‘nalishda ipni harakatlantirib, chalishma hosil qilinadi (52-rasm). So‘ng chap qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari uchlari bilan chalishmaning iplar kesishgan qismidan ushlab turiladi. O‘ng qo‘lda esa, xuddi qalam ushlagandek, ilmoqni ushlab turib, ilmoq uchini chalishma orasiga kiritiladi va kalavadan kelayotgan ipni shu chalishma oralig‘idan tortib chiqiladi. Shu tariqa havoyi halqa hosil qilinadi.Ilmoq yordamida chala ustuncha (53-rasm), xomaki halqasiz ustuncha (54-rasm), xomaki halqali ustuncha, bo‘rtma yoki hurpaygan ustuncha, yassi ustuncha, qavariq ustuncha kabi to‘qish usullarini qo‘llab, turli ko‘rinishdagi to‘qimalar hosil qilish mumkin. Endi bu usullarning ayrimlarini bajarishni birma-bir o‘rganib chiqamiz.
|
| |