Elektr qo‘l parmalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari




Download 0.95 Mb.
bet3/4
Sana02.11.2022
Hajmi0.95 Mb.
#28865
1   2   3   4
Bog'liq
metodbirlashma ish reja 2022-2023, 012-18 Mirzajanov Xusan, 1-slayd ABBOSBEK working BALANCE, 2 mustaqil ishi Odinaxon, 7-mavzu shoxsanamga
Elektr qo‘l parmalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari.
Mashina asosiy dasta bilan yaxlit qilib yasalgan, plastmassa korpusdan ichiga uzgich yoqilgan holatdagi fiksator va radio to‘siqlarni so‘ndirgich qurilmasi o‘rnatilgan plastmassa korpus, qo‘sh izolatsiya bo‘lgan kollektorli elektrdvigatel, ventilator, shpindel, aylanishlar tezligini uzib-ulagichi bo‘lgan ikki bosqichli, ikki tezlikli reduktor, qo‘shimcha dasta, parmalash patroni va shtepsel vilkasi bo‘lgan tok o‘tkazish kabelidan tashkil topgan.
Mashina korpusida elektr va mexanik detallar orasiga izolatsiyalovchi to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular mashinadan foydalanishda elektr xavfsizligini ta’minlaydi.
Ikki pog‘onali, ikki tezlikli reduktor uch juft tishli g‘ildirakdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan ikkitasi shpindelga o‘rnatiladi, ular shpindel o‘qi bo‘ylab harakatlanib, shpindel aylanishlar chastotasini o‘zgartirishi mumkin. Reduktor g‘ildiraklarining o‘q bo‘ylab harakatlanishi almashtirilib, ulagichni 180º ga burish bilan amalga oshiriladi.
Uchlik va qo‘shimcha dastani mahkamlash uchun reduktor korpusida o‘tkazish belbog‘i mavjud. Shpindelning tashqi tomoni konus ko‘rinishida bo‘lib, uchlik shpindelga aylanma harakatini uzatish uchun kesim yuzasi kvadrat bo‘lgan qismga ega.
Elektr qo‘l parmasi dvigatel ulab-uzgichning tugmasini bosish bilan ishga tushiriladi. Buruvchi moment dvigatel va reduktor orqali mashinaning shpindeliga uzatiladi, shpindel esa unga o‘rnatilgan patron yoki uchlik bilan birga aylana boshlaydi va parma yoki boshqa ish jihozini harakatga keltiradi. Uzib-ulagichning ulangan holati fiksatorning tugmasini bosish orqali saqlab turiladi. Ishlarni bajarish usullari. Ish boshlangunga qadar bajariladigan operatsiyalar, ishlov beriladigan materiallar va parmalanadigan teshiklarningo‘ lchamlariga qarab, shpindelning aylanishlar chastotasi aniqlanadi va kerakli diametrdagi sozlangan parma tanlanadi. Tezlikni qayta ulagichni burab, aylanishlar chastotasi rostlanadi. 200 ayl/daq aylanishlar chastotasi plastmassa, yog‘ochda diametri 9 mm gacha, po‘latda esa 3 mm gacha bo‘lgan teshiklarni parmalash, 940 ayl/daq aylanishlar chastotasi po‘latda diametri 9 mm gacha bo‘lgan teshiklarni katta yuklanish ostida parmalash uchun mo‘ljallangan. Parma patronda puxta mahkamlangach, mahkamlash kaliti mashina g‘ilofiga solib qo‘yiladi.
Ishlov beriladigan buyum yoki konstruksiya mahkamlanib, chiqindilardan tozalangach, parmalanadigan nuqta aniqlanadi. Po‘latni parmalashda parmalanadigan joyga sovitish suyuqligi qanday kelishini tekshirish zarur. Qayd etilgan ishlar bajarilgandan so‘ng shtepselli vilka rozetkaga tiqiladi va himoya ko‘zoynagi taqiladi.
Ishni bajarish uchun o‘ng qo‘l bilan parmalash mashinasining asosiy dastasidan, chap qo‘l bilan qo‘shimcha dastasidan ushlanadi. Parma uchi to‘g‘ri burchak ostida parmalanadigan nuqtaga yo‘naltiriladi. Ko‘rsatkich barmoq bilan uzib-ulagichning tugmasini bosib, mashina ishga tushiriladi. Mashinaning muntazam ishlashi uchun bosh barmoq bilan fiksator tugmasi bosiladi.
Mashinani kerakli vaziyatda tutib turib, qo‘l va gavdani parmaning o‘qi bo‘ylab ravon bosib, parmalanadi. Katta diametrli teshik ochishda avval kichik diametrli teshik parmalanishi lozim. Parmalash jarayonida chiqadigan chang va qirindilarni ketkazish uchun parmani tez-tez teshikdan chiqarib turish zarur. Ikkinchi tomonda ham ochiq teshik parmalanayotgan bo‘lsa parma teshikdan chiqishiga yaqin unga tushadigan bosimni kamaytirish lozim.




  1. Download 0.95 Mb.
1   2   3   4




Download 0.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr qo‘l parmalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari

Download 0.95 Mb.