• Zakrov randa
  • Konish randa
  • Qo‘l randalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari




    Download 0.95 Mb.
    bet2/4
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.95 Mb.
    #28865
    1   2   3   4
    Bog'liq
    metodbirlashma ish reja 2022-2023, 012-18 Mirzajanov Xusan, 1-slayd ABBOSBEK working BALANCE, 2 mustaqil ishi Odinaxon, 7-mavzu shoxsanamga
    Qo‘l randalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari.
    Randalash vaqtida randaga suruvchi va bosuvchi kuchlar qo‘yiladi. Bu kuchlar noto‘g‘ri qo‘yilsa, ko‘pincha, taxtaning ikki uchi o‘yilib, o‘rtasi do‘ng bo‘lib qoladi, sirtning tekisligi buziladi.
    Buning uchun randalardan foydalanish ketma-ketligi, randalash tartibi va tekislikni tekshirish to‘g‘risida tushuncha berilib, yetarli ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Taxta materiallar talab etilgan o‘lchamga keltirib randalangandan so‘ng, ularning qaysi usulda biriktirilishi, tayyorlanadigan buyumlarning turi, qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, ularga qo‘shimcha ishlov berish yo‘li bilan zakrov, konish, chok ochiladi. Gultolalarining o‘sish yo‘nalishiga teskari randalashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda to‘g‘ri tig‘li randani ishlatish qiyin bo‘ladi va sirti silliq chiqmaydi.
    Zakrov randa bilan hamma vaqt kesim yuzi 1 sm2 bo‘lgan zakrov ochiladi. Zakrov randaning yon va ustki (yo‘naltiruvchi va cheklovchi) to‘sqichlari bo‘lib, ular tig‘ning taxtaga yon va ustki tomondan 1 sm dan ortiq botishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kesimi 1 sm2 bo‘lgan zakrov ochilishini ta’minlash uchun randalash payraha chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Aks holda qismlarni yig‘ishda ulardagi zakrovlar bir-biriga mos kelmasdan (bir tekislikda yotmasdan) buyum sifatining buzilishiga, oynalarning bir tekis jips yotmasligiga sabab bo‘ladi.
    Konish randa – vintlar yordamida biriktirilgan ikki korpusdan iborat bo‘lib, ulardan biriga pichoq o‘rnatilgan. Korpus orasidagi masofani ochiladigan ariqchaga bo‘lgan masofaga qarab moslashtiriladi. Ariqcha kengligi pichoqlar to‘plamiga qarab o‘rnatiladi. Reyka, brusok, kesaki kabilarda konish (faner, eshiklarda ariqchalar) ochishda ishlatiladi.
    Konish randa kundasiga vintlar o‘rnatilib, unga yo‘naltiruvchi taxtacha kiydiriladi. Randani ishga sozlashda taxtacha bilan kundani bir-biriga parallel o‘rnatib, ular orasidagi o‘lcham gayka va nazorat gaykalarni surish yo‘li bilan sozlanadi.
    Ochiladigan konishning enli va ensiz bo‘lishiga qarab (har xil qalinlikdagi faner, eshiklarda jipslashish izlariga moslab) randaga enli yoki ensiz tig‘lar o‘rnatiladi (8-rasm).
    Chok randa. Yog‘och taxtalarni bir-biriga tirqish qoldirmay ulash, ya’ni choklab biriktirish maqsadida chok randa qo‘llaniladi. Taxta materiallardan pol, g‘ov, darvoza, rovvot kabilar tayyorlashda, ularning qurishi natijasida tirqish ochilib qolmasligini ta’minlash uchun choklab biriktiriladi.
    Chok randa zakrov randaga o‘xshash to‘g‘ri va qiyshiq tig‘li bo‘lib, tig‘ining eni 30 mm gacha bo‘ladi. Tig‘ni charxlash 9-rasmda ko‘rsatilgan. Bu randaning yo‘naltiruvchi va cheklovchi to‘sqichlari yo‘q. Uni taxta bo‘ylab to‘g‘ri yurgizish qiyin. Shuning uchun chok randa konish randadan so‘ng chok ochish va sirtlarni tozalash maqsadida ishlatiladi. Ayrim hollarda taxtaning chetiga chok o‘lchamiga moslab parallel holda yo‘naltiruvchi cheklagich mixlab qo‘yib randalanadi. Bu narsa chok randani to‘g‘ri yurgizish imkonini beradi. Taxtalarni choklab biriktirishda chokning chuqurligi hamma vaqt taxta qalinligining yarmiga teng qilib olinadi. Shuning uchun kundaning o‘ng tomoniga mixlanadigan ustki cheklagich shu o‘lchamga moslab o‘rnatiladi. Chok randaning tig‘i kundadan enli bo‘ladi. Tig‘ kundadan ensiz bo‘lsa, u bilan chuqur randalab bo‘lmaydi.

    Download 0.95 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘l randalarining tuzilishi, ulardan foydalanish qoidalari

    Download 0.95 Mb.