• IV.Mustahkamlash
  • 102- mashq.
  • Yechim: 102-mashqda ostiga chizilgan so’zlar ot so’z turkumi hisoblanadi. Qush nomlari:burgut, tuvaloq, kaklik. Hayvon nomlari: tipratikon, toshbaqa, qumsichqon, yumronqoziq, bo’ri.
  • Yechim:Shaxs nomi-Ulug’bek. Joy nomi-Samarqand




    Download 2,48 Mb.
    bet5/61
    Sana23.01.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #143568
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
    Bog'liq
    4-SINF ONA TILI 2-CHORAK 2020-2021 Xojaliyeva

    Yechim:Shaxs nomi-Ulug’bek. Joy nomi-Samarqand
    101- mashq. O‘qing. Matn nima haqida yozilgan?
    Тoshkent,Samarqand,Buxoro,Xiva shaharlari juda qadimdan dunyoga mashhur bo‘lgan. Olis asrlarda bu shaharlar Xitoydan Ispaniyagacha, Yevropadan Hind okeanigacha aloqa bog‘lagan. (Islom Karimov)
    Bosh harf bilan yozilgan joy nomlarini ko‘chiring. Ularning nima uchun bosh harf bilan yozilganini ayting.
    Yechim:Mashq shartiga asosan bosh harf bilan yozilgan joy nomlari quyidagilar:Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Xitoy, Ispaniya, Yevropa. Joyga atab qo’yilgan nomlar atoqli ot hisoblanib, bosh harf bilan yoziladi.
    IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
    Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
    V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
    VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
    102- mashq. She’rni ifodali o‘qing. Otlarni aniqlang. Qush va hayvon nomlarini guruhlab yozing. Ularning yozilishini yodingizda tuting.
    Burgut
    Ikki metr kelar burgut
    Qanotini yozgan chog‘.
    Unga maskan sahrolar-u
    Baland, tik qoyali tog‘.
    Qish faslida bu o‘troq qush
    Pastliklarga yo‘l olar.
    Qizilqumda tipratikan,
    Тoshbaqaga chov solar.
    Qumsichqon-u yumronqoziq,
    Jayronlarni ovlar u.
    O‘laksani payqab qolsa,
    Axlatlarni kovlar u.
    Goh tuvaloq, kakliklarga
    Hujum boshlar bu yirtqich,
    Xonaki qush avlodlari –
    Jo‘jalarga bermas tinch...
    Bo‘rilarni ovlashda u
    Qo‘l keladi ovchiga.
    O‘qrayib qarab qolar
    Miltiqli yo‘lovchiga.
    Obid Rasul
    Yechim: 102-mashqda ostiga chizilgan so’zlar ot so’z turkumi hisoblanadi. Qush nomlari:burgut, tuvaloq, kaklik. Hayvon nomlari: tipratikon, toshbaqa, qumsichqon, yumronqoziq, bo’ri.

    Download 2,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yechim:Shaxs nomi-Ulug’bek. Joy nomi-Samarqand

    Download 2,48 Mb.