Jadvalni to`g`ri to`ldirgan o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Normandlar istilosi 2.Feodal jamyatning uzil-kesil o`rnatilishi 3.”Buyuk ozodlik xartiyasi”. 4.Angliya parlamenti
Fransiyaning Normandiya gersogligi 1066- yilda Angliyani istilo qilgan edi. Shu yili gersog Vilgelm Vilgelm I nomi bilan Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Istilodan so`ng aksariyat mahalliy angl-caks feodallarining yer-mulki tortib olindi. Ular ritsarlarga bo`lib berildi. Cherkov yepiskoplari ham almashtirildi. Angliya yerlarining 1/7 qismini Vilgelm I o`z mulki qilib oldi. Istilochilarning Angliyani itoatda tutishlari uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Buni tushungan barcha yer egalari Vilgelm I ga sodiqlik haqida qasamyod qilganlar.Istilo shu tariqa Angliyada kuchli qirol hokimiyatini vujudga keltirdi. Bu esa o`z navbatida markazlashgan davlat barpo etish uchun asos bo`ldi.1086- yilda Angliyada aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazildi. Aholi bu tadbirni qo`rqinch bilan qarshi oldi. Shu tufayli ro`yxat varaqalarini ,,Dahshatli sud kitobi" deb atadilar. Vilgelm I ning bu tadbirdan ko`zlagan asosiy maqsadi - mamlakatda haqiqatda qancha yer maydoni borligini aniqlash orqali xazinaga tushadigan daromadni ko`paytirish edi.
Qirol hokimiyatini ritsarlar ham qo`llab-quvvatlashgan. Kuchli qirol hokimiyati ularni katta yer egalari tajovuzidan muhofaza qilishning asosiy kafolati edi. Qayd etilgan omillar Angliyada siyosiy hayot osoyishta kechgan, degan fikrni anglatmaydi. Fransiyada bolganidek, Angliyada ham hokimiyat uchun, siyosiy huquqlar uchun murosasiz kurash davom etgan. Biroq bu kurash Angliyani bo`laklarga bo`lib yubora olmagan. Qirol Ioann (1199 - 1216) davrida hukmron tabaqalar o`rtasidagi nizolar avjiga chiqqan. Bunga qator omillar sabab bo`lgan. Chunonchi, Angliyaning Fransiyaga qarshi urushda mag`lubiyatga uchrashi uning asosiy sababi bo`ldi. Bundan tashqari, yepiskop saylash masalasida Rim Papasi bilan munosabatlar keskinlashdi. Bu hol yirik yer-mulk egalarida hokimiyatga bo`ysunmaslik kayfiyatini vujudga keltirdi. Oqibatda 1215- yilda qirolga qarshi qo`zg`olon ko`tarildi. Qo`zg`olonchilar qirolni ,3uyuk erkinlik xartiyasi" deb ataluvchi hujjatga imzo chekishga majbur etdilar.
“Buyuk erkinlik xartiyasi" faqat qaram dehqoalar hayotida hech qanday o`zgarish yasamadi. Shunday bo`lsa-da, bu xartiya Angliya hayotida juda muhim rol o`ynadi. Xartiya mamlakatni bo`lib yuborishga emas, balki uning markazlashgan maqomini to`la saqlab qolishga xizmat qilgan. Mamlakat bunga barcha erkin tabaqalarning ishtirokini ta'minlash orqali ferishgan.
Xartiya keyinchalik Angliyada parlamentning vujudga kelishida, qonunchilikning mustahkamlanishida poydevor vazifasini o`tadi.
Angliya parlamenti. Angliya qirollari “Buyuk erkinlik xartiyasi" qoidalarini bajarishni aslo istamaganlar. Chunki tarixda hech qachon o`z hokimiyatining cheklanib qolishini istagan qirol o`tgan emas. Binobarin, Angliya qirollari ham bundan mustasno bo`lmaganlar. Natijada yana hokimiyat uchun kurash boshlangan. Bu kurash 1265yilda mamlakatda parlament joriy etilishiga olib kelgan. Parlament 1295- yildan boshlab (qirol Eduard I davrida) muntazam chaqirilib turiladigan bo`ldi. 1297- yilda parlament soliqlarni tasdiqlash huquqini qo`lga kiritdi. XIV asrdan boshlab parlamentga qonun chiqarish huquqi ham berilgan. Bundan tashqari, parlament vazirlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar bo`yicha Oliy sud vazifasini ham bajara boshlagan.
XIV asrdan boshlab parlamentga qonun chiqarish huquqi ham berilgan. Bundan tashqari, parlament vazirlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar bo`yicha Oliy sud vazifasini ham bajara boshlagan. 1343- yildan ikki palataga bo`lingan. Quyi palata umum palata, yuqori palata esa lordlar palatasi deb ataldi.
|