III.Yangi mavzu bayoni: Reja




Download 9,26 Mb.
bet28/252
Sana11.06.2021
Hajmi9,26 Mb.
#14923
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   252
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1Buyuk Karl. 2.Italiya va Ispanya urushlari. 3.Sakslarga qarshi urushlar. 4.Franklar imperyasi. 5.Davlat boshqaruvi. 6.Franklar davlatining inqirozi.

Pipin 768- yilda vafot etgach, taxtga o`g`li Karl o`tiradi. Unga keyinchalik Frank davlati oldidagi xizmatlari uchun ,,Buyuk" laqabi berilgan. U mohir sarkarda, davlat arbobi,jasur, zabardast va matonatli shaxs bo`lgan.

O`rta asrlarda Buyuk Karl to`g`risida juda ko`p afsonalar to`qilgan, qo`shiqlar yaratilgan. Ularda uning qahramonliklari, adolatparvarligi va donoligi madh etilgan.

Buyuk Karlning istilochilik urushlari.



Unga Ispan markasi deb nom berilib, keyinchalik bu viloyat Barselona grafligi deyilgan.Buyuk Karl sakslarni bo`ysundirish uchun ko`p kuch sarflagan. Sakslar franklardan keyingi eng katta german qabilasi bo`lgan edi. Ular Reyn daryosidan Elba daryosigacha cho`zilgan juda katta hududda yashar edilar. U yerlar serunum bo`lganligi sababli frank feodallarini bosqinchilik urushlariga undar edi.

Shu tariqa Frank qirolligi hududlari nihoyatda kengaya borgan. Bunga Buyuk Karl va uning safdoshlari 476- yilda barham topgan g`arbiy Rim imperiyasining qayta tiklanishi sifatida qaraganlar.Endi Buyuk Karl imperatorlik tojini orzu qila boshlaydi. Tez orada uning bu orzusi ro`yobga chiqqan.Rim Papasi 800- yilda Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasida Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydirgan. Shu davrdan boshlab u rimliklar imperatori deb atala boshlangan. E'tibor bering, u franklar imperatori emas, rimliklar imperatori deb e'lon qilindi. Nega shunday bo`ldi, axir bu davrda rimliklar degan xalq yo`q ediku? Bu Rim imperiyasi davri an'anasining IX asrda ham odamlarga hamon katta ta'sir ko`rsatishda davom etganligining natijasi edi.

o`sha davrning boshqa mashhur imperiyalari - Vizantiya imperiyasi va Arab xalifaligi ham tez orada Buyuk Karl imperatorligini tan olgan.


Download 9,26 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   252




Download 9,26 Mb.