|
O`rta asrlar jamiyati haqida
|
bet | 6/252 | Sana | 11.06.2021 | Hajmi | 9,26 Mb. | | #14923 |
O`rta asrlar jamiyati haqida. o`rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada feodal, Osiyoda esa yer egaligi jamiyati (tuzumi) deb ataladi. ,,Feodal" atamasi lotincha ,,feod" so`zidan olingan. Ma'lum xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo`lib qoladigan yer-mulkka feod deyilgan.
Binobarin, feodal jamiyati yer egaligiga asoslangan jamiyatdir. Yevropada yer-mulk egasi feodal deb atalgan. Feodal o`z yerining bir qismini dehqonlarga chek yer qilib bo`lib bergan. Buning evaziga dehqonlar feodalning yerlarini ishlab berganlar. Ayni paytda o`zlariga berilgan chek yerlarida yetishtirgan hosildan ma'lum qismini feodalga soliq sifatida to`laganlar. Shu tariqa Yevropa dehqonlari feodal oldida ikki xil majburiyatni bajarishga majbur etilgan. Dehqonlar bir feodaldan ikkinchi feodalga o`tib ishlash huquqiga ega bo`lganlar.
Ba'zi Yevropa mamlakatlarida esa dehqonlar krepostnoylarga aylantirilgan.
|
| |