Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning 7-sinfda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
1.O`rta asrlar tarixi qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?
2.O`rta asrlarda feodal kim edi? 3.O`rta asrlardagi qaysi davlatlar haqida ma`lumotga ega bo`ldingiz? 4.Salibchilar kimlar edi?
III.Yangi mavzu bayoni:
,,O'rta asrlar tarixi" haqida. Siz 6- sinfda ,,Jahon tarixi"ning qadimgi davrini o`rgandingiz. 7- sinfda esa ,,O'rta asrlar davri" tarixini o`qib-o`rganasiz. V-XV asrlarni o`z ichiga olgan bu davrni ,,O'rta asrlar tarixi" deb atash qabul qilingan. Bu atama qay tariqa vujudga kelgan?
XV - XVI asrlarda ijod etgan Yevropa olimlari insoniyat tarixini ,,qadimgi tarix", ,,o'rta tarix" va ,,yangi tarix"larga bo`lib o`rganishni taklif etganlar. ,,Qadimgi tarix" va ,,o'rta tarix" atamalarini o`zlarigacha o`tgan tarixga, ,,yangi tarix" atamasini esa o`zlari yashagan davrga nisbatan qo`llaganlar. Shu tariqa ,,qadimgi tarix", ,,o'rta tarix" va ,,yangi tarix" atamalari vujudga kelgan. ,,O'rta tarix" deyilganda avvalo o`rta asrlar tarixi tushuniladi.
o`rta asrlar tarixini yaratishda ham olimlar tarixiy manbalarga tayanganlar. Tarixiy manbalarning nima ekanligini Siz 5- 6-sinflar tarix darsliklaridan bilib olgansiz.
|