Yodda tuting
Krepostnoy dehqon ( qo`rg`on ichida ishlovchi) - bir feodaldan ikkinchi feodalga o`tib ishlash huquqidan mahrum etilgan, doimiy ravishda birfeodalga biriktirilib qo`yilgan qaram dehqon.
Feodal krepostnoyga nisbatan deyarli cheklanmagan huquqqa ega bo`lgan. Faqat uni o`ldirishga haqqi bo`lmagan, xolos. Chek yer otadan bolaga meros bo`lib o`tgan. Krepostnoy o`z uyiga, qo`rasiga, ish hayvonlariga, shuningdek, mehnat qurollariga ega bo`lgan.
Feodal jamiyati dastlab natural xo`jalik hukm surgan jamiyat ham edi.
Yodda tuting
Hayot uchun zarur bo`lgan narsa va mahsulotlarning deyarli hammasini o 'zi ishlab chiqaradigan xo'jalik natural xo`jalik deb atalgan.
Ilk o`rta asrlarda dehqonlar qishloq xo`jalik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan faqat o`zlarini emas, feodalning oilasini ham ta'minlaganlar. Ular dala ishlaridan bo`sh vaqtlarida gazmol, kiyimkechak, poyafzal, ish qurollari va turli xil asbob-uskunalar tayyorlaganlar. Feodal tarqoqlik - mamlakatning kichik-kichik davlatlarga bo`linib ketishi.
|