• Darsning borishi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Sana sinf: 6 Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar)




    Download 477,63 Kb.
    bet2/3
    Sana20.01.2024
    Hajmi477,63 Kb.
    #141820
    1   2   3
    Bog'liq
    5-6

    Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
    Darsda jihozi: yog‘ochga ishlov berish ustaxonasi, yog‘och namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Qo‘l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari: Randalash vaqtida randaga suruvchi va bosuvchi kuchlar qo‘yiladi. Bu kuchlar noto‘g‘ri qo‘yilsa, ko‘pincha, taxtaning ikki uchi o‘yilib o‘rtasi do‘ng bo‘lib qoladi, sirtning tekisligi buziladi. O‘quvchilarga sirtning silliq va tekis chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rgatish bilan bir qatorda ortiqcha mehnat sarflamasdan tez va sifatli randalashga o‘rgatiladi. Buning uchun randalardan foydalanish ketma-ketligi, randalash tartibi va tekislikni tekshirish to‘g‘risida tushuncha berilib, bu borada yetarli ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Taxta materiallar talab etilgan o‘lchamga keltirib randalagandan so‘ng, ularning qaysi usulda biriktirilishi, tayyorlanadigan buyumlarning turi, qanday maqsadda ishlatilishiga qarab ularga qo‘shimcha ishlov berish yo‘li bilan zakrov, chok, Konish ochiladi, gultolalarining o‘sish yo‘nalishiga teskari randalashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda to‘g‘ri tig‘li randa ishlatish qiyin bo‘ladi va sirt silliq chiqmaydi. Zakrov randa bilan hamma vaqt kesim yuzi 1sm bo‘lgan zakrov ochiladi. Zakrov randaning yon va ustki (yo‘naltiruvchi va cheklovchi) to‘sqichlari bo‘lib, ular tig‘ning taxtaga yon va ustki tomondan 1 sm dan ortiq botishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kesimi 1-2 sm bo‘lgan zakrov ochilishini ta’minlash uchun randalash payraxa chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Aks holda qismlarni yig‘ishda ulardagi zakrovlar bir-biriga moskelmasdan (bir tekislikda yotmasdan) buyum sifatining buzilishiga, oynalarning bir tekis jips yotmasligiga sabab bo‘ladi. Chok randa. Taxta materiallardan pol, g‘ov, darvoza, rovvot kabilar tayyorlashda, ularning qurishi natijasida tirqish ochilib qolmasligini ta’minlash uchun choklab biriktiriladi. Bu maqsadda chok randadan foydalaniladi. Chokranda zakrov randaga o‘xshash to‘g‘ri va qiyshiq tig‘li bo‘lib, tig‘ining eni 30 mm gacha bo‘ladi. Bu randaning yo‘naltiruvchi va cheklovchi to‘sqichlari yo‘q. Uni taxta bo‘ylab to‘g‘ri yurgizish qiyin. Shuning uchun chokranda konish randadan so‘ng chok ochish va sirtlarni tozalash maqsadida ishlatiladi. Ayrim hollarda taxtaning chetiga chok o‘lchamiga moslab parallel holda yo‘naltiruvchi- cheklagich chaspak mixlab qo‘yib randalanadi. Bu narsa chok randani to‘g‘ri yurgizish imkonini beradi. Ba’zan chok randa kundasining o‘ng va chap tomonlariga ochiladigan chokning o‘lchamiga moslab yo‘naltiruvchi-cheklagich chaspak mixlab olinadi. Bu xilda moslangan randa yordamida taxta chetlarinigina randalash mumkin, o‘rtadan “suv” ochish mumkin bo‘lmaydi.
    Tig‘ni kundadan chiqarish va qayta o‘rnatish:
    Taxtalarni choklab biriktirishda chokning chuqurligi hamma vaqt taxta qalinligining yarmiga teng qilib olinadi. Shuning uchun kundaning o‘ng tomoniga mixlanadigan ustki cheklagich shu o‘lchamga moslab o‘rnatiladi. Chok randaning tig‘I kundadan enlik bo‘ladi. Tig‘ kundadan ensiz bo‘lsa, u bilan chuqur randalab bo‘lmaydi. Konish randa reyka, brusok, kesaki kabilarda konish (faner, eshik dilalari tushadigan “suv”) ochishda ishlatiladi. Konish randa kundasiga vintlar o‘rnatilib, unga yo‘naltiruvchi taxtacha kiydiriladi. Randani ishga sozlashda taxtacha bilan kundani bir-biriga parallel o‘rnatib, ular orasidagi o‘lcham gayka va kontr gaykalarni surish yo‘li bilan sozlanadi. Ochiladigan konishning enlik va ensiz bo‘lishiga qarab, (har-xil qalinlnkdagi faner va dilalarga moslab) randacha enlik yoki ensiz tig‘lar o‘rnatiladi. Konish randani o‘lchamga sozlashda konishni taxtaning qoladigan qismidan ochilib qolmasligiga e’tabor beriladi. Shuning uchun hisoblash yo‘naltiruvchi taxtachadan tig‘gacha yuritilib, bunda tig‘ning eni ham hisobga olinadi.


    1. Download 477,63 Kb.
    1   2   3




    Download 477,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana sinf: 6 Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar)

    Download 477,63 Kb.