|
«sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi «tasdiqlayman»
|
bet | 48/61 | Sana | 24.06.2021 | Hajmi | 316,69 Kb. | | #15171 |
Viloyatimiz xo’jaliklarida yetishtirilgan don maxsulotlarini nes-nobud qilmay, isrofgarchiliklarga yo’l qo’ymay qabul qilib olish uchun qo’shimcha don qabul qilish shoxobchalari barpo qilindi. Jumladan: Oltinko’l va Baliqchi tumanlarida donni qabul qilish va qayta ishlash shoxobchalari, Ulug’nor tumanida va Andijon tumanida Sho’ro don qabul qilish shoxobchalari tashkil qilindi. Bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda uyushma raisi B.Q. Jalolovning kechayu-kunduz qilgan xizmatlari etiborga loyiq. 2005- yildan boshlab mazkur korxona «Andijondonmahsulot» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonaga boshqaruv raisi sifatida Rizayev Ulug’bek Maxmudovich rahbarlik qila boshladi. Hozirgi kunda boshqaruv raisi vazifasini Ahmedov Bobur Bahodirovich bajarmoqda. Ishlab chiqarish direktori esa Rizayev Ulug’bek Maxmudovich rahbarlik qilmoqda. Respublika viloyatlari xo’jaliklariga yetkazib berilayotgan sara urug’lik bug’doyning asosiy qismi «Andijondonmahsulot» aksiyadorlik jamiyati korxonasi tomonidan tayyorlanmoqda. Jumladan: ushbu korxonada “Elita”, “Kroshka”, “Chillaki”, “Umanka”, “Demetra” kabi 20 ga yaqin turdagisifatli, tezpishar urug’lik bug’doy navlari tayyorlanib viloyatlarga jo’natilmoqda.
|
| |