28
1.7. O‘lchashlarning sifat mezonlari
Har bir narsaning sifati bo‘lgani kabi o‘lchashlarning
ham sifati va
mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu
mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:
Aniqlik
– bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga
yaqinligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari
tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10
– 3
bo‘lsa, uning aniqligi 10
3
bo‘ladi
yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa,
shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam
bo‘ladi.
Ishonchlilik
– o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon
hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni
ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa konkret holat uchun
xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni
ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi.
To‘g‘rilik
– o‘lchash natijalaridagi muntazam
xatoliklarning nolga
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Mos keluvchanligi
– bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos keluvchanligi
tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi.
Qaytaruvchanlik
– ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil
joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir –
biriga yaqinligini bildiradi.
I-bob bo‘yicha umumiy xulosalar
O‘lchash amali asosan fizik kattaliklarning
qabul qilingan birlikdagi
miqdoriy qiymatini aniqlash tajrubasi hisoblanadi. O‘lchash natijasiga erishish
bilan o‘lchash jarayoni tugallangan hisoblanadi. O‘lchash jarayonida
o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini aniqlashning bir qancha yo‘llari, ya’ni
turlari mavjud. Biz qanday o‘lchash turidan foydalanishimiz o‘lchanayotgan
kattalikning turiga, o‘lchash
maqsadi va sharoitiga, qo‘llaniladigan o‘lchash
29
vositalariga va boshqalarga bog‘liq. O‘lchashlar oldiga qo‘yilgan maqsadiga,
sohasiga va qo‘llanilish doirasiga, kattalikning xususiyatiga, o‘lchashlar soniga va
boshqalarga bog‘liq ravishda turlarga ajraladi. O‘lchashlarni amalga oshirishda
turli o‘lchash
usullaridan, jumladan, bevosita baholash usuli, o‘lchov
bilan
solishtirish, mos kelish, kontaktli o‘lchash, kontaktsiz o‘lchash va shu kabi
uslublardan foydalaniladi.
Kattaliklar ham bir qancha turlarga ajraladi.
Har bir kattalik, asosan fizik
kattaliklar, o‘z birligiga ega. O‘lchash natijalarini ifodalashda kattaliklar
birliklarining
ulushli va karrali, birliklar tizimiga kiruvchi va kirmaydigan
birliklaridan foydalanamiz. O‘lchash natijalarini ifodalashda, albatta, standartlar va
boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etish lozim bo‘ladi.