45
chastota va temperaturaning o‘zgarishi hamda vaqt o‘tishi natijasida sig‘imning
kam o‘zgarishi, dielektrik isrofni tavsiflovchi isrof burchagi tangensining
kichikligi, izolyatsiya qarshiligining kattaligi va bardoshliligidir. Bu talablarga
ko‘p jihatdan havo dielektrikli kondensatorlar javob bersa-da, sig‘im qiymatining
kichikligi tufayli geometrik o‘lchamlari nisbatan katta bo‘ladi. Alohida sig‘im
o‘lchovlari bilan bir qatorda sig‘im magazinlari ham ishlatiladi. Bu magazinlar
yordamida 0,0001...1000
mkF oralig‘idagi sig‘imlarni olish mumkin.
Magnit oqimining ishchi o‘lchovlari
sifatida aktiv qarshiligi, induktivligi va
o‘ramlararo sig‘imi kichik bo‘lgan o‘zaro induktiv g‘altaklar ishlatiladi. O‘zRST
8.030-92 ga muvofiq bu o‘lchovning qiymati 0,01
Vb qilib belgilangan.
Magnit maydon kuchlanganligining namunaviy va ishchi o‘lchovlari
tokli
induktiv g‘altaklar ko‘rinishida yasaladi. O‘zRST 8.097-73 ga ko‘ra ushbu
o‘lchamlarning nominal qiymatlari 0,01...30
MGs chastota diapazonida 2·10
-3
dan
0,5·10
-5
A/m gacha qilib belgilangan.
Magnit induksiyasining namunaviy va ishchi o‘lchovlari
kvars karkasga
o‘ralgan induktiv g‘altak bo‘lib,
u toki 1
A bo‘lgan zanjirga ulanadi. Bu o‘lchovlar
10
-10
dan 5·10
-2
Tl gacha bo‘lgan magnit induksiyasini 0,0005% gacha bo‘lgan
xatolik bilan hosil qilish uchun qo‘llaniladi.
Elektr va magnit kattaliklari o‘lchovlarining asosiy parametri bo‘lib ularning
nominal va haqiqiy qiymatlari xizmat qiladi. O‘lchovning pasportida keltirilgan
qiymati
nominal,
aniq o‘lchash sharoitidagi qiymati esa uning
haqiqiy qiymatlari
deb ataladi. Xatoliklarining qiymatlariga qarab o‘lchovlar
aniqlik sinflariga
bo‘linadi. O‘lchovlarning aniqlik sinflari ularning umumlashgan tavsifi
hisoblanadi.