46
O‘zgartirish xarakteri bo‘yicha o‘lchash
o‘zgartkichlari parametrik
va
masshtabli o‘zgartkichlar
ga bo‘linadi.
Parametrik o‘zgartkichlar
da kirish va chiqish kattaliklari turlicha bo‘ladi.
Masalan, temperaturaning turmoelektrik o‘zgartkichi (termopara).
Bunday
o‘zgartkichning kirish kattaligi temperatura, chiqish kattaligi esa o‘zgarmas tok
EYUK.
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi
- kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun
mo‘ljallangan o‘zgartkich. Masshtabli o‘zgartkichlar kattalikning qiymatini
berilgan son marta uzgartirish uchun qo‘llaniladi. Masalan, kuchlanish o‘lchash
transformatori. Bunday o‘zgartkichlarning kirish va chiqish
kattaliklari bir xil
bo‘ladi, faqat ularning o‘lchamlari (miqdor qiymatlari) har xil bo‘ladi.
O‘lchash zanjirida egallagan o‘rniga ko‘ra o‘zgartkichlar birlamchi va oraliq
o‘zgartkichlarga bulinadi.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchash o‘zgartkichi ishining birinchi
bosqichi bo‘lib, unda o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymati
boshqa fizik kattalik
qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki
o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga
uzatilishi mumkin.
Oraliq o‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan
keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkichi bo‘lib, o‘lchanayotgan
fizik
kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xillashgan) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan
o‘zgartkichdir.
Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi
– o‘lchash axboroti signallarini masofadan
turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
mexanik
o‘zgartkichlar,
elektromexanik
o‘zgartkichlar,
issiqlik
o‘zgartkichlari,
elektrokimyoviy o‘zgartkichlar, optik o‘zgartkichlar.