Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
O‘lchashlar usullari
– bu ma’lum bir o‘lchash vazifasini bajarish uchun 
tanlab olingan o‘lchash usullari va vositalarining yig‘indisidir. 
O‘lchovni qo‘llash usuliga qarab 
bevosita baholash usuli
va 
solishtirish 
usullari
mavjud. 
1. 
Bevosita baholash usuli
– izlanayotgan kattalik qiymatini o‘lchash 
vositasining ma’lum birliklarda graduirovkalangan moslamasidan bevosita 
aniqlash demakdir.


13 
2. 
O‘lchov bilan solishtirish usuli
– o‘lchanayotgan kattalikni ma’lum bir 
mavjud bo‘lgan o‘lchov bilan solishtirish demakdir.
3-rasm. O‘lchash usullari. 
O‘lchov bilan solishtirish uslubi quyidagilarga bo‘linadi: 
nol uslubi, 
differensial(ayirmali o‘lchash) usuli, almashish usuli 
va
 mos kelish usuli.
Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli
– o‘lchov bilan taqqoslash usulining 
turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan 
kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta‘sir qilishdir. Misol qilib 
uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan 
taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish 
orasidagi farq ∆U ni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri U
0
 
juda yuqori 
aniqlikda ma’lum, ikkinchisi U

esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi. 
∆U = U
0
– U
x
; U

= U
0
– ∆U 


14 
U

bilan U
0
qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq 
bo‘ladi. 
Nolga keltirish usuli (nol usuli)
– bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining 
bir turi hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta‘siri natijasini nolga 
keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la 
muvozanatlashtirib o‘lchash. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan ko‘priklar 
nolga keltirish usuliga asoslanib ishlovchi asboblar hisoblanadi. Bu usul 
o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.
Almashish (o‘rindoshlik) usuli
– o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi 
hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma‘ lum qiymatli 
kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan. 
Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma – gal 
qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning 
qarshiligini topish. 
 
Mos kelish usuli
– o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan 
kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar 
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, 
kalibr yordamida val diametrini moslash. 
O‘lchash asbobi va o‘lchash obyekti orasidagi munosabatga qarab o‘lchash 
usullarini quyidagi ikki turga ajratish mumkin: 
1). Kontaktli о‘lchash usuli -
 
asbobning sezgir elementi о‘lchash obyektiga 
(jismga) tegizib о‘lchash usuli. Masalan: diametr, uzunlik va temperaturani 
о‘lchash. 
2). Kontaktsiz о‘lchash
 
- о‘lchash asbobining sezgir elementi obyektga 
tegizmasdan о‘lchash. Masalan: masofani radiolakator bilan о‘lchash, elektr 
kattaliklarni maxsus kontaktsiz o‘lchash asboblari yordamida o‘lchash. 
Har bir tanlangan usul o‘z uslubiyotiga, ya’ni o‘lchashni bajarish 
uslubiyotiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish uslubiyoti deganda, ma’lum 
usul bo‘yicha natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar 
tushuniladi. 


15 

Download 8,92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish