O‘lchash jarayoni – bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir
(solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli – bu fizik eksperimentning aniq, ma’lum struktura, o‘lchash
vositalari va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilish,
amalga oshirilish usulidir.
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni)
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning tavsifini tahlil qilish asosida
bevosita o‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayoni
yordamida esa shu o‘lchash ob’yekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va
nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki
izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.
O‘lchash natijasi – o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash
birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi:
Х = n[х],
bu yerda: X – o‘lchanadigan kattalik;
11
n – o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son
qiymati;
[х] – o‘lchash birligi.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi
bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.
О‘lchashning ikki xil turi mavjud:
1. Laboratoriyaviy о‘lchash. 2. Texnik о‘lchash. Laboratoriyaviy о‘lchash - aniq bо‘ladi va о‘lchashning xatoligi aniqlanadi
hamda hisobga olinadi. Bu о‘lchash ilmiy-tadqiqot ishlarida qо‘llaniladi.
Texnik о‘lchash - bu о‘lchashda asbob xatosini aniqlamaydi, ammo asboblar
tasdiqlangan xatolik chegarasida ishlatiladi. Ishlab chiqarish sharoitida xom ashyo
va tayyor mahsulotlarning kо‘rsatkichlari texnik о‘lchash yordamida aniqlanadi.
O‘lchashlar soniga bog‘liq ravishda quyidagi turlarga ajratiladi:
Bir karrali о‘lchash - bir marotaba bajarilgan о‘lchash. Masalan: vaqt,
savdoda mahsulot massasi yoki hajmini о‘lchash.
Kо‘p karrali о‘lchash - bir karrali о‘lchashning «n» barobar takrorlanishi.
Masalan: iplarning mustahkamligini aniqlash.
O‘lchanayotgan kattalikning o‘zgaruvchanligiga bog‘liq ravishda esa
statik va
dinamik o‘lchashlarga bo‘linadi.
Statik о‘lchash - о‘lchash vaqti davomida kattalik о‘zgarmaydi deb qabul
qilingan kattalikni о‘lchash. Masalan: me’yoriy haroratda uzunlik, yer maydoni
yuzasini va hokazolarni о‘lchash.
Dinamik о‘lchash - о‘lchamlari о‘zgaruvchan kattalikni о‘lchash, ya’ni
о‘lchanayotgan kattalik vaqt davomida о‘zgarib turadi. Masalan: о‘zgaruvchan
bosimni о‘lchash, haqiqatdan olganda barcha kattaliklar vaqt ichida ozgina bо‘lsa
ham о‘zgarishlar ta’sirida bо‘ladi. Agar juda ham sezgir asboblar bilan kattalik
о‘lchansa, farqni aniqlash mumkin. Shuning uchun o‘lchashlar shartli ravishda
statik va dinamik о‘lchashlarga ajratiladi.
О‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini topishning bir qancha yo‘llari,
ya’ni turlari mavjud (2-rasmga qarang).
12
4 – rasm. O‘lchash turlari.
O‘lchashlarni amalga oshirish uchun o‘lchash vositalaridan foydalanish
bilan birga mos ravishda belgilangan qonun-qoidalar, tartiblarga rioya etishimiz
talab etiladi. Bu esa o‘lchash usullarini hosil qiladi. O‘lchash usulining ta’rifi va
turlari haqidagi ma’lumotlar 3 – rasmdagi sxemada berilgan.