Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/436
Sana01.02.2024
Hajmi7,28 Mb.
#149752
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Presslash usuli
Dorixona sharoitida presslash usulini silindr shakliga ega bo’lgan shamchalar olishda 
qo’llaniladi. Bunda shamchalar olish uchun maxsus qurilma ishlatiladi. Bu qurilma (1) misdan 
tayyorlangan silindr, (2) porshen, (3) vint yordamida harakatlanuvchi uch xil shaklli (4) 
matritsadan iborat. Qurilma ishlash jarayoni 6-rasmda ko’rsatilgan. 


6-rasm. Preslash usulida shamchalar olish qurilmasi.
Shamcha massasi silindrga joylanadi va vint buraladi, bunda porshen bosim hosil qiladi va 
massani teshikchalar orqali matritsa (qolip) bo’shlig’iga siqib chiqaradi va to’ldiradi. Keyingi 
berilayotgan shamchalar bosim yordamida (5) yopqichni ochadi va taxtakachlangan shamchalar 
(6) taxtakachdan chiqadi.
Bu usulda ham shamchalarni quyish usuli kabi dorivor modda va asoslarni har xil hajm 
egallaganligi uchun hisoblash formulalaridan foydalaniladi. Tayoqchalarni presslab olish usulida 
yana xuddi shu kabi qurilmalar bo’lib, unda ham silindr porshen vinti bilan turli o’lchamdagi 
qolipchalar bilan hosil qilingan massa ma’lum (kerakli) o’lchamdagi qalinlikda presslab chiqarilib, 
so’ngra bir tomoni ingichkalanadi (uchlanadi). Bunda ham kerakli miqdordagi asos jadvaldan 
topiladi yoki yuqorida keltirilgan formula yordamida hisoblab chiqiladi.
Quyidagi dorixatni ko’rib chiqamiz.
Rp.: Aethacridini lactatis 0,01
Ol.Cacao q.s.ut f bacillus urethralis
longitudine 3 cm et diametro 3 mm
D.t.d. N10
S. tayoqcha
Jadvaldan foydalangan holda bu o’lchamdagi 10 ta tayoqchaga 0,21x10=2,1g kakao moyi 
sarf bo’lishini topamiz, 0,1 g etakridin laktat havonchada 2-3 tomchi suv bilan dispergirlanadi, 
keyin kakao moyi bilan aralashtiriladi. Hosil bo’lgan xamirsimon massa presslash qurilmasiga 
solinib, qolipining o’lchami 3 mm bo’lgan pressda presslanadi va uni 3 sm dan 10 ta bo’lakka 
bo’linadi.

Download 7,28 Mb.
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   436




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish