ataladi. Moyli asoslardan suvda eriydigan asoslarga o’tish moduli esa 0,826 (0,95: 1,15=0,826) ga
tengdir.
Rp.: Acidi borici 0,2
Massae gelatinosae q.s. ut fiat suppos.
D.t.d. № 20
S. Kuniga ikki mahal bitta shamchadan to’g’ri ichakka yuboriladi.
Pasport: Borat kislotasi 4,0
Jelatina 8,75
Tozalangan suv 17,5
Glitserin 43,75
Dorixatda shamcha og’irligi ko’rsatilmaganligi uchun qoidaga ko’ra 3 g li qilib tayyorlanishi
kerak. Asos miqdorini hisoblash xuddi kakao moyi kabi bo’ladi. 3,0x20=60 g kakao moyi faraz
qilinadi. 0,2x20=4 g dorixat bo’yicha borat kislotasi olinishi kerak. Borat kislotasi uchun
1/K
o’
=625 bo’lgani uchun uning egallaydigan hajmi 4,0*0,625=2,5 kakao moyiga teng. 60,0-
2,5=57,5 g kakao moyi olinadi. Moyli asosdan jelatin-glitserinli asosga o’tish uchun o’tish
modulidan foydalaniladi: 57,5x1,21=70 g yoki 57,5x0,826=70 g. Demak, 20 ta shamcha
tayyorlash uchun 70 g jelatin-glitserinli asos kerak ekan. Asos tarkibiga kiruvchi moddalar
nisbatini (1:2:5) hisobga olgan holda jelatinadan 8,75 g, suvdan 17,5 g va glitserindan 43,75 g
olinadi.
Avval asos tayyorlab olinadi va issiqligida unga yaxshi maydalangan borat kislotasi vazelin
moyi bilan aralshtiriladi. Massa bir oz sovigach, qoliplarga quyiladi va yuqoridagi kabi
jihozlanadi.