• Masala yechimi
  • 2- masala
  • Amaliy mashg’ulot-10




    Download 15.7 Kb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi15.7 Kb.
    #185224
    Bog'liq
    Amaliy mashg 10
    kitob, Eritmalar va ularning ahamiyati, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t, 3132105390, Malumotlar bazasi 5-mustaqil ish, Kiberxavfsizlik, 5-var, Avtomobilning tortish kuchi 11zon, blizhnij-vostok-v-fokuse-politicheskoj-analitiki, portal.guldu.uz-6-Mavzu, OchiqD. rasm, Ismoiljonning, Maydoniy transistor, 1-mustaqil ish KTE, Design composition

    Amaliy mashg’ulot-10


    Mavzu: Kompozitsion materiallarni tanlash va mavzuga doir masala yechish
    1- masala
    Kimyoviy apparatlar tayyorlashda ko'p ishlatiladigan uglerod
    matritsali karbovoloknit markasini keltiring. Uglerodli matritsali karbovoloknitning mustahkamligi va zarbiy qovushqoqligi maxsus grafitlarnikidan 5-10 marta ortiq boo’lib, inert atmosferada qizdirilganda 2200°C gacha u mustahkamligini yo'qotmasligi talab etiladi. Javobingizni asoslang.

    Masala yechimi:


    Kompozitsion materiallar turli xossalarga ega bo'lgan komponentlar aralashmasidai olinadigan sun'iy materiallardir. Komponentlardan biri matritsa asos bo'lsa, boshqasi mustahkamlovchi tola, zarrachalar hisoblanadi. Matritsa sifatida polimer, metall, keramika va uglerodli materiallar ishlatiladi. Mustahkamlovchi vazifasini shisha, bor, uglerod tolalari organik tola, ipsimon kristallar (karbidlar, boridlar, nitridlar va hokazolar) ning tolalari hamda mustahkamligi va bikrligi yuqori bo'lgan metall simlar o’ynaydi. Kompozitsiyani tuzishda uni tashkil etuvchilarning individual xossalaridan samarali foydalaniladi.
    Kompozitsion materiallarning xossalari komponentlar tarkibi, ularning miqdori va ular orasidagi aloqalarning mustaxkamligiga bogliq. Komponentlarning xajmiy miqdorini oo’zgartirib, ishlatilishiga qarab, kerakli mustahkamlik, otashga chidamliligi, elastiklik moduliga ega bo'lgan material yoki zarur maxsus xossalarga (masalan, magnit va boshqa xossalar) ega bo'lgan kompozitsiya olish mumkin. Kompozitsion materiallardagi mustahkamlovchining hajmi 20- 80% ni tashkil yetadi. Matritsaning xossalari siqilish va siljishda kompozitsion materialning mustaxkamligini belgilaydi. Mustahkamlovchining xossalari kompozitsion materialning mustaxkamligi va bikrligini belgilaydi. Kompozitsion materiallarning mustahkamligi bikrligi, otashga va issiqda chidamliligi yuqori Masalan, karbovoloknitlar uchun σb = 650-1700 MPa, borvoloknitlar uchun esa σb= 900-1750 MPa ga teng. Kompozitsion materialarning zichligi 1,35 - 4,8 g/sm3 tashkil yetadi. Kompozitsion materiallar mashinasozlikning ko’pgina sohalari uchun juda istiqbolli materiallar hisoblanadi.
    Karbovoloknitlar (ugleplastlar)- polimer matritsa va uglerodli tolalar ko'rinishidagi mustahkamlovchidan iborat komozitsiyadir. Polimer matritsa sifatida poliamidlar, epoksid va fenol-formaldegid smolalardan foydalaniladi. Poliimidlar asosdagi KMU-2 va KMU-2L karbovoloknitlar 300°C haroratgacha ishlatilishi mumkin. Ular suv va ximiyaviy ta'sirlarga chidamli. Karboshishavoloknitlar tarkibida ko’mir tolalari bilan birga shisha tolalari ham bo'ladi, u esa materialni arzonlashtiradi. Karbovoloknitlar kimyo, kemasozlik va aviatsiya sanoatida ishlatiladi.

    Oddiy polimer karbovoloknitlarga inert yoki qaytarish atmosferasida ishlov berilsa, grafitlashtirilgan karbovoloknitlar yoki uglerod matritsali karbovoloknitlar hosil bo'ladi. Masalan, KUP-VM tipidagi uglerodli matritsali karbovoloknitning mustahkamligi va zarbiy qovushqoqligi maxsus grafitlarnikidan 5-10 marta ortiq. Inert atmosferada qizdirilganda 2200°C gacha u mustahkamligini yoo’qotmaydi. Uglerod matritsali karbovoloknitlar kimyoviy apparatlar tayyorlashda ko'p ishlatiladi.


    2- masala


    Aviatsiyada qoo’llaniladigan tormoz disklari uchun karbovoloknit turini tanlang. Unga qo'yiladigan talab quyidagicha: ishqalanish koeffitsiyenti juda past 0,35-0,45; tormozanishida eyilishi 0,7-1,0 mkm. Javobingizni asoslang.


    1. masala


    Zichligi 2,1 t/m3, mustaxkamligi 1300 MPa, KCU 90 кДж/m2 bo’lgan kompressor kurakchasi uchun borovoloknit markasini tanlang.
    Download 15.7 Kb.




    Download 15.7 Kb.